Har qanday turdagi muzlatgich ham ikki haftada bir marta tozalik «muolaja»siga ehtiyoj sezadi. Muzlatgichning ozoda bo`lishi nafaqat uning tashqi va ichki ko`rinishi, balki mahsulotlarni to`g`ri saqlash uchun ham muhimdir.
DASTLAB :
- Muzlatgichni elektr quvvatidan o`chiring;
- Ichidagi mahsulotlarni bo`shating-da, eshigini ochib qo`ying. Shu holatda 40 daqiqa tursin;
- Hozirda ishlab chiqarilayotgan muzlatgichlar harorat dajarasini o`zi o`zgartirish tizimi bilan jihozlangan. Shunga ko`ra elektr quvvatidan uzilgach, bir soat davomida kerakli haroratga moslashadi. Ana shundan keyin tozalash ishlarini boshlasangiz, ayni muddao bo`ladi.
- 1 litr iliq suvga 1 osh qoshiq iste`mol sodasini aralashtiring. So`ng yumshoq matoni eritmada namlab, ishni boshlashingiz mumkin. Soda tarkibidagi dezinfeksiyalovchi birikmalar yoqimsiz hid va bakteriyalarni bartaraf etadi.
- Muzlatgich qavatlari shishasimon xom ashyodan tayyorlangan bo`lsa, ularni dag`al gubka yoki cho`tka bilan artib bo`lmaydi. Yuzasi tirnalishi mumkin. Shuningdek sovunli suvda ham yuvish mumkin emas. Yo`qsa xiralashib qolishi mumkin. Yaxshisi har bir qavatini avval osh tuzi, so`ngra limon po`stlog`i qo`shilgan suvda chayib, keyin quruq sochiqda artib chiqing.
- har bir bo`linmasini alohida yuvib, quritib olgach so`ng joyiga qaytarishingiz mumkin.
- Muzlatgichni tozalab bo`lganingizdan so`ng ishga tushirishga shoshilmang. Quruq sochiqda yana bir sidra artib chiqing.
- Yaxxona alohida ishlangan bo`lsa, uni tozalashda limon sharbati qo`shilgan suvdan foydalanishingiz mumkin. Limon yaxxonaga o`rnashib qolgan turli hidlarni tezda bartaraf etadi.
- Muzlatgichning ustki qismini ham soda eritmasida artib chiqasiz. Eng tez kir bo`ladigan qismi, bandi va burchaklarini soda kukunida engil ishqalab olish mumkin.
QANDAY YuVILADI?
Oddiy suvda namlangan latta bilan ham muzlatgichni artib olsa bo`ladi. Biroq bu usul yordamida tozalik ishlari to`liq bajarilmaydi. Yaxshisi mana bu tavsiyalarni sinab ko`ring: