–Qo`y go`shtini qaynatayotganda yuzasida ko`pik hosil bo`ladi. Bu ko`pikni olib tashlash lozim.
–Mol go`shtidan tayyorlangan suyuq taomlarga esa tuzni so`ngida qo`shing. Shunda go`sht yumshoq pishadi.
–To`g`ralgan go`shtni piyoz va tuz solmay qovursangiz, usti qizarib chiqadi. Agar piyoz qo`shilsa, sharbati ajralib ketishi mumkin.
–Qaynatilayotgan go`shtdan yoqimsiz hid kelayotgandek tuyulsa, suviga dafna bargidan qo`shing. hidini «kesadi».
–Parranda go`shtini salat tayyorlash uchun qaynatayotgan bo`lsangiz, tuz va dafna bargidan qo`shib yuboring. Go`sht ta`mi mazali bo`ladi.






