Vazadagi gullarni to`g`ri parvarishlasangiz ular ikki haftada ham o`zining yangi holatini saqlay oladi.
- Atirgullarni vazaga solishdan oldin bandini 3-4 sm ga qiya qilib, qirqing. Gulni qirqish uchun zanglamaydigan po`lat qaychi yoki lezviyadan foydalaning. Bu material oksidlanish jarayonining oldini oladi.
- Suvga tegib turgan barglarini kesib tashlang.
- Iloji boricha baland vazalardan foydalaning. Masalan, gulingiz 40 sm bo`lsa, suvda bandining 28 sm dan kam bo`lmagan qismi turishi kerak.
- Issiq kunda atirgullarga sovuq suv quyganingiz ma`qul. Qishda esa gullar ya`ni 25-28 daraja atrofidagi iliq suvda turishi kerak. Vazadagi suvni har kuni almashtirishga harakat qiling.
- Kechqurun atirgullarni vanna yoki tog`oraga solib qo`yganingiz ma`qul. Agar kechasi bilan suvda turgan gullarning changi ketmasa, ularning tashqi qismini purkab suv sepib tozalang.
- Har 2-3 kunda atirgullarning bandini 1 – 1,5 sm dan qirqib turing.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi