— Nikohdan o`mush uchun viloyat, shahar va tumanlardagi FHDYo bo`limlari tomonidan "Nikohni qayd etish guvohnoma"si uchun to`lanadigan, qonunda belgilangan davlat boji qanchani tashkil etadi?
Telegramm orqali kelgan savol
H.Nasimov, Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi bo`lim boshlig`i:
— FHDYo organlari tomonidan nikohni qayd etganlik uchun "Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 5-bandidagi "a" kichik bandiga muvofiq nikohni qayd etganlik uchun eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida davlat boji, 2012 yil 25 apreldagi "Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yig`imi miqdorini tasdiqlash to`g`risida”gi 119-son qaroriga muvofiq gerbli guvohnomalar berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida gerb yig`imi, shuningdek Adliya vazirining 2012 yil 15 martdagi 29-um-son buyrug`i bilan tasdiqlangan FHDYo organlari tomonidan jismoniy shaxslarga pulli xizmat ko`rsatish haqidagi nizomga muvofiq nikohni sayyor ravishda tantanali qayd etganlik uchun (transport harajatlaridan tashqari) eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to`lov undiriladi.
Nikohni qayd etganlik uchun to`lovlar barcha FHDYo organlarida mazkur normativ hujjatlarda belgilangan miqdorlarda undiriladi.