AsosiySavol-javob

BOQUVChISINI YO`QOTGANLARGA TO`LOV-ShARTNOMA PULINI TO`LAShDA YoRDAM BERILADIMI?

'BOQUVChISINI YO`QOTGANLARGA TO`LOV-ShARTNOMA PULINI TO`LAShDA YoRDAM BERILADIMI?'ning rasmi

— Boquvchisini yo`qotganlarga oliy ta`lim muassasalariga to`lov-shartnomasini to`lashda qanday imtiyozlar bor?

Telegramm orqali berilgan savol

D.Nabiev, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limvazirining birinchi o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o`qishga qabul qilish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risida"gi nizomga muvofiq O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur nizomga muvofiq oliy ta`lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to`lov-kontrakt bo`yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to`plagan abiturientlarning davlat grantlari bo`yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta`minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to`lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

Abiturient arizasida «o`zim haqimda quyidagilarni ma`lum qilaman» grafasiga hujjatlar bilan tasdiqlovchi holatlar (bolalikdan I va II guruh nogironlari, etim, «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchilari va boquvchisi yo`q) qayd etiladi.

To`liq davlat ta`minotidagi etim bolalar (hujjat topshirgan ta`lim yo`nalishi bo`yicha to`lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari doirasida belgilangan o`tish ballini to`plagan bo`lsa) va I guruh ko`zi ojiz nogironlar qabuli alohida davlat granti ajratilgan holda Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar