1

​SUD-TERGOV FAOLIYaTI: QONUNChILIKDA MAVJUD BO`ShLIQ TO`LDIRILMOQDA

Siyosat 02.12.2017, 11:48
​SUD-TERGOV FAOLIYaTI: QONUNChILIKDA MAVJUD BO`ShLIQ TO`LDIRILMOQDA

Prezidentimizning "Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonda huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlar prosessual qonunchilikni jiddiy buzgan holda yoki noqonuniy uslublar bilan olingan ma`lumotlardan jinoyat ishlari bo`yicha dalillar sifatida foydalanishga yo`l qo`ymaslik to`g`risida ogohlantirildi. Bunday qonun buzilishi va ruxsat etilmagan uslublar orasida, birinchi navbatda, qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq, boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qayd etilgan.

Qonunchilikda mavjud bo`shliqni hisobga olgan holda, shaxsni noqonuniy ushlab turish, qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukm qilishga sabab bo`lgan, hujjatlar va ashyolarga bila turib yolg`on ma`lumotlar va boshqa buzib ko`rsatilgan holatlarni kiritish, haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ko`rsatuvlar berishga majburlash, ish bo`yicha haqiqiy holatlarni buzib ko`rsatish orqali dalillarni qalbakilashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik kiritilmoqda.

Shuningdek, yolg`on guvohlik va yolg`on xabar berganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Farmon bilan vakolatli organlarga tashkiliy xarakterdagi qator topshiriqlar, xususan, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari, maxsus qabulxonalar, ma`muriy qamoqni o`tash joylarida videokuzatuv vositalarini o`rnatish topshirilgan.

Ilg`or xorijiy tajribani o`rgangan holda “Elektron jinoyat ishi” tizimini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Farmonning to`liq matni bilan www.lex.uz da tanishishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1