1

AFG`ONISTON PREZIDENTI MUSTAQILLIK VA EZGULIK MONUMENTI POYIGA GUL QO`YDI

Siyosat 05.12.2017, 10:39
AFG`ONISTON PREZIDENTI MUSTAQILLIK VA EZGULIK MONUMENTI POYIGA GUL QO`YDI

Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo`lib turgan Afg`oniston Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani 5 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo`lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo`ydi.

Afg`oniston Prezidenti Mustaqillik maydoni O`zbekistonning tinchliksevar siyosati, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yo`lidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini ta`kidladi. Maydonning o`ziga xos manzarasi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1