1

BOLALARNI GADJETLARDAN ASRASh KERAK(MI)?

Hi-tech 05.12.2017, 11:55
BOLALARNI  GADJETLARDAN ASRASh KERAK(MI)?

Biz kichkintoylarimizning planshet va smartfonlardan mohirona foydalanayotganini ko`rib, hayratlanmaydigan darajaga etdik. Chunki ularda bolaning e`tiborini tortuvchi turli-tuman qiziqarli o`yinlar mavjud. Ammo yangi gajetlar, zamonaviy texnologiyalar o`zlarida qanday xavfli sinoatni yashirgan?

Miyaning tez rivojlanishi

Bola tug`ilgandan to ikki yoshga to`lgunga qadar uning miyasi uch barobar o`sadi va bu jarayon 21 yoshgacha davom etadi. Zamonaviy texnologiyalar, yangi gajetlar, mobil telefonlar, ijtimoiy tarmoq, televidenie endi shakllanib kelayotgan miyaning yanada jadal sur`atlar bilan rivojlanishiga sabab bo`ladi. Ammo bu narsa har doim ham ijobiy ta`sir ko`rsatmaydi. Tadqiqotlar natijasida bolaning gajetlardan foydalanishi diqqat etishmovchiligi sindromiga, rivojlanishning kognitiv sustlashishiga, asabiy holatga tushishiga olib kelishi ma`lum bo`ldi.

Rivojlanishdan ortda qoladi

Harakat — sog`likning garovidir, bundan tashqari u diqqatni va ong rivojlanishini kuchaytiradi. Ammo zamonaviy texnologiyalar bilan band bo`lgan bola kam harakat qiladi, oqibatda jismoniy rivojlanishdan ortda qoladi.

Og`ir vazndan aziyat chekadi

Bola televizor qarshisida uzoq o`tirsa, qimirlamay videoo`yinlar o`ynaydigan bo`lsa, unda ortiqcha vazn yuzaga keladi. Yotoqxonasidan chiqmay, gajet o`ynaydigan bolalarning 30 foizida bu narsa yaqqol ko`zga tashlanadi. Bolalarda semirish bilan birga diabet, insult va yurak xuruji kasalliklari ham kuzatiladi.

Uyquga to`ymaydi

60 foizota-ona bolasining gajetga qancha vaqt sarflashini nazorat qilmaydi. Bolalar yarim tungacha uxlamay, o`yin o`ynab o`tirishadi, kun tartibi buzilib, uyqusizlik kasaliga duchor bo`lishadi. Bularning hammasi uning sog`ligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Ruhiy kasallikka chalinadi

O`tkazilgan tadqiqotlar bolaning zamonaviy o`yinchoqlardan haddan ortiq foydalanishi depressiya, xavotir, diqqat etish­movchiligi sindromi, autizm, psixoz va turli ruhiy zo`riqish kasalliklariga olib kelishi mumkinligini isbotladi.

Tajovuzkor bo`lib qoladi

Psixikasi muvozanatlashmagan yosh bolalar televizorda ko`rgan qo`rqinchli filmidan, qotillik, zo`ravonlik sahnalari aks etgan videoo`yinlardan qattiq ta`sirlanishadi. Bu esa izsiz ketmaydi, bolada tajovuzkorlik kuchayadi.

Axborotlar ko`pligi og`irlik qiladi

Axborotning ko`pligi (masalan, OAVlar ham) bolada diqqat etishmovchiligi sind-romiga, xotiraning yomonlashuviga sabab bo`ladi. O`z navbatida bu holat bolaning o`qishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, natijada u diqqatini jamlay olmaydigan, yomon o`qiydigan o`quvchiga aylanadi.

Gadjetlarga bog`lanib qoladi

Ota-onalarning ham noutbuk va smartfonlarga bog`lanib qolishi oqibatida farzandiga deyarli vaqti qolmaydi. “Qush uyasida ko`rganini qiladi” deganlaridek, ota-onasidan o`rnak olgan bolalar ham “zamonaviy o`yinchoq-lar”ga qattiq bog`lanib qoladilar.

Radiasiya nurlanishini oladi

Bolalarning miyasi va immun tizimi hali to`liq shakllanib ulgurmagani bois ular juda ta`sirchan bo`lishadi. Shuning uchun ular mobil telefondan foydalanayotganda radiasiya nurlanishini hisobga olib, ehtiyot bo`lishimizga to`g`ri keladi. Xalqaro sog`liqni saqlash tashkiloti mobil telefon va barcha simsiz moslamalarni 2V – kanserogen xavfli toifaga kiritgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1