1

​PREZIDENT 2 MING 700 NAFAR MAHKUMNI AFV ETISh TO`G`RISIDA FARMONNI IMZOLADI

Siyosat 07.12.2017, 09:03
​PREZIDENT 2 MING 700 NAFAR MAHKUMNI AFV ETISh TO`G`RISIDA FARMONNI IMZOLADI

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligini nishonlash arafasida Prezidentimiz tomonidan 2 ming 700 nafar mahkumni afv etish to`g`risidagi Farmon imzolandi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimiz tarixida ilk marotaba 2 ming 700 nafar mahkumni, shu jumladan, jazoni ijro etish koloniyalaridan 956 nafar turli sharoitlar tufayli jinoyat sodir etgan, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan, tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan, yashash joyi va jazoni ijro etish muassasasida ijobiy tavsiflangan shaxslarni afv etish to`g`risida Farmon qabul qilindi.

Ushbu Farmon bilan afv etiladigan mahkumlarga tez kunlarda o`z oilasiga va jamiyatga qaytib, bundan buyon mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi bo`lish imkoniyati yaratildi.

Mazkur Farmonning qabul qilingani O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan davlat va jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik o`zgarishlar insonparvarlik tamoyiliga asoslanganligini ko`rsatuvchi yana bir yorqin dalildir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1