NAQD XORIJIY VALYuTANI OLIB KIRISh VA OLIB ChIQIB KETISh TARTIBI SODDALAShTIRILADI

Iqtisodiyot 08.12.2017, 08:29
NAQD XORIJIY VALYuTANI OLIB KIRISh VA OLIB ChIQIB KETISh TARTIBI SODDALAShTIRILADI

2018 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 2 000 (ikki ming) AKSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyutani O`zbekiston Respublikasiga olib kirish yoki O`zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketishda yozma ravishda majburiy deklarasiya taqdim etish tartibi bekor qilindi, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Bu Prezidentning Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarorida ko`zda tutilgan.

Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O`zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishi ekvivalentda 5 000 (besh ming) AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan summa doirasida hech qanday ruxsatnomalarsiz amalga oshirilishi belgilab qo`yildi

Sharhlar