AsosiyIqtisodiyot

XITOY KORPORASIYaSI O`ZBEKISTONDA GAZ QAZIB OLIShNI BOShLADI

'XITOY KORPORASIYaSI O`ZBEKISTONDA GAZ QAZIB OLIShNI BOShLADI'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ va Xitoy milliy neft-gaz korporasiyasi (CNPC) o`rtasida 2006 yil iyun oyida tuzilgan bitim doirasida Qorako`l investisiya blokida Dengizko`l gaz kondensati konining Xo`jasayat uchastkasi, Xo`jadavlat va Sharqiy Olot gaz kondensati konlari ochildi.

Ulardan sanoat usulida foydalanish maqsadida tomonlar hamkorligida “New Silk Road Oil & Gas” MChJ shaklidagi qo`shma korxona barpo etilgan edi.

Joriy yilning may oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan o`zaro kelishuvlar ushbu loyihani amalga oshirishni jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xususan, 30 may kuni mazkur ob`ektda tamal toshini qo`yish marosimi o`tkazildi hamda bunyodkorlik ishlariga faol kirishildi.

— Loyihaga ko`ra, olti oy davomida 47 kilometr magistral gaz quvuri, 15,7 kilometr shleyf gaz quvuri yotqizildi, — deydi qo`shma korxonaning ishlab chiqarish bo`yicha departamenti direktori o`rinbosari Sohib Mamadaliev. — Xo`jasayat uchastkasini obodonlashtirish, 72 kishiga mo`ljallangan shaharcha barpo etish ishlari yakunlandi. 2 ta yangi quduq burg`ilandi, uchta quduq kapital ta`mirlandi, tabiiy gaz qazib chiqarishni nazorat qilish uchun zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqarish pulti qurildi. Tabiiy gaz qazib chiqarish boshlab yuborildi.

Bu yirik loyihaning birinchi bosqichi, xolos. Istiqbolda Xo`jadavlat va Sharqiy Olot konlarini obodonlashtirish, -sakkizta yangi quduqni burg`ilash hamda avval burg`ilangan uchta quduqni ta`mirlash, 43 kilometr gaz quvurini o`tkazish ishlariga kirishiladi.

Mazkur loyihaning birinchi bosqichi ishga tushirilishi munosabati bilan Olot tumani hududida joylashgan Xo`jasayat uchastkasida tantanali marosim bo`lib o`tdi. Unda soha xodimlari, jamoatchilik vakillari hamda xitoylik mutaxassislar qatnashdi.

Tadbirda so`z olgan Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Lisze, “O`zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari Bahodir Siddiqov hamda boshqalar bu loyiha ikki davlat o`rtasidagi o`zaro hamkorlik yangi bosqichga ko`tarilganidan dalolat ekanini ta`kidladilar. Har tomonlama manfaatli aloqalarni mus-tahkamlash istiqbollari haqida so`z yuritildi. Ishtirokchilar bu erdagi ishlab chiqarish jarayoni va ishchilar shaharchasida -yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar.

    Boshqa yangiliklar