AsosiySavol-javob

«O`G`LIM HAQINI SO`RAYaPTI...»

'«O`G`LIM HAQINI SO`RAYaPTI...»'ning rasmi

Uch qiz va uch o`g`il farzandim bor. Barini uyli–joyli qilganman. Ikkitasi alohida hovli qilib chiqishgan. Kichigiga ham uy-joy qilib bergandim. Ammo uch marta uylanib, uyni sotdi-yu, chet elda ishlab keldi. Endi esa otamdan meros bo`lib qolgan uyga kirib olib yashayapti. Na kommunal to`lovlarga qarashadi, na ta`mirlash ishlariga foydasiga tegadi. Tag`in shu uydan haqimni ajratib bering degani ortiqcha. Aytingchi, o`g`lim menga meros qolgan uyga da`vo qilishi to`g`rimi? Bu vaziyatga qaerga murojaat qilishim mumkin?

G`ani Ergashev, Samarqand viloyati, Pastdarg`om tumani

Fuqaroning er yoki xotini, farzandlari, ota-onasi, farzandlikka olinganlar qonun bo`yicha birinchi navbatdagi vorislari hisoblanganligi bois, siz hayotligingizda otangizning uyiga o`g`lingiz voris bo`lolmaydi, o`z-o`zidan uy hisobidan haq so`rashi ham mumkin emas. Lekin o`g`lingiz shu uy ro`yxatiga qo`yilgan bo`lsa, undan foydalanish huquqiga ega. Aksi bo`lganida esa uni uydan ko`chirishni so`rab fuqarolik sudiga murojaat etishingiz mumkin.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Boshqa yangiliklar