Hamshira bo`lib ishlayman. Ayni dam bola parvarishi ta`tilidaman. Farzandim ikki yosh bo`lgach ishga chiqishni rejalashtirgandim, ammo yana homilador bo`ldim. Endigi vaziyatda tug`ruq ta`tili uzaytiriladimi? Dekret pulini-chi, olamanmi yoki yo`q?
Feruza Qodirova, Toshkent shahri
Sizning holatingizda tug`ruq ta`tillari uzaytirilmaydi. Har bir farzand uchun alohida tug`ruq ta`tili va mutanosib tartibda ta`til puli to`lanadi.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi