AsosiySUG'DIYONA

YuRAK KASALLIKLARIDAN OGOHLANTIRUVChI 11 BELGI

'YuRAK KASALLIKLARIDAN OGOHLANTIRUVChI 11 BELGI'ning rasmi

Mutaxassis – kardilog Ra`no G`ulomova

Quyidagi belgilarga o`z vaqtida jiddiy ahamiyat berib, shifokor ko`rigiga shoshsangiz, kutilayotgan yurak xastaliklarining oldini olasiz.

1. Charchoq. Endigina uyqudan turgan bo`lsangiz ham, o`zingizni tun bo`yi mijja qoqmagandek tasavvur qilasiz. Ishga etib olib, faqatgina dam olish xaqida o`ylaysiz. Uyga esa zo`rg`a kelasiz-u o`zingizni yotoqqa otasiz. Va kunlar o`tgani sayin charchog`ingiz ortaveradi.

  • Bu yurak faoliyatida etishmovchilikdan darak. Charchoq miya, o`pka va yurakda qon aylanishining susayganidan kelib chiqadi.

2. Kuchsizlik. Yurak xurujini boshdan kechirgan ko`pchilik insonlar, bu hodisa yuz berishdan oldin hattoki bir varoq qog`ozni ushlashga ham kuchlari etmaganini aytishadi.

  • Bu yaqin soatlarda yoki daqiqalarda miokard infarkti yuz berishidan darak.

3. Harsillash. Agar 3-qavatga ko`tarilish xuddi bir soatlik yugurish marafonidan keyingi harsillashni paydo qilsa yoki kichik jismoniy mashqlar bajarganda nafas siqilsa, kardiologga murojaat qilish vaqti keldi.

  • Qon aylanishining yomonlashuvi, uning o`pkaga etib borishini qiyinlashtirib, qisqa nafas olishni chaqiradi.

4. Sovuq ter. O`tirgan joyingizda birdaniga xuddi 2 soat mashg`ulotlar zalida mashq qilgandek, butun tanangizni muzdek ter qoplashni boshlaydi.

  • Yurak xuruji boshlanishidan oldingi ogohlantiruvchi belgi.

5. Tomir urishining tezlashuvi. Onda-sonda yuz beradigan tomir urishining tezlashuvi xavf tug`dirmaydi. Tez-tez kuzatiluvchi tomir urib ketishi harsillash, bosh aylinishi va holsizlik bilan birga kuzatilsa, siz aritmiya kasalligiga yo`liqqansiz.

  • Aritmiya kasalligi infarktning sababchisidir.

6. Ko`krak qismida og`riq. To`satdan paydo bo`ladi-yu xuddi shunday qaytib ketadi. Shuning uchun ko`pchilik bunga ahamiyat bermaydi ham. Og`riq qo`l, bel, elkagacha tarqalgandagina xato qilganlarini biladilar.

  • Yurak xuruji yaqinligidan ogohlantiruvchi eng keng tarqalgan belgi.

7. Shishib ketish. Oyoqlar shishib ketishi, shuningdek, ortiqcha vazn paydo bo`lishi har doim ham semirish alomati emas. Yurak ham shu signallar orqali sizni ogohlantirishi mumkin. Shishlar paydo bo`lganda ishtaha yo`qolishi ham kuzatiladi.

  • Organizmdagi ortiqcha suyuqlik yurak etishmovchiligidan darak.
  • Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Boshqa yangiliklar