1

2018 YIL 1 YaNVAR KUNI O`ZBEKISTON VA XITOY O`RTASIDA XALQARO AVTOMOBIL TRANSPORTI TO`G`RISIDAGI BITIM KUChGA KIRADI

Iqtisodiyot 11.12.2017, 16:33
2018 YIL 1 YaNVAR KUNI O`ZBEKISTON VA XITOY O`RTASIDA XALQARO AVTOMOBIL TRANSPORTI TO`G`RISIDAGI BITIM KUChGA KIRADI

2018 yil 1 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 2017 yil 12 mayda imzolangan O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o`rtasida xalqaro avtomobil transporti to`g`risidagi bitim kuchga kiradi.

Bitimning 21-moddasi shartlariga muvofiq, hujjat tomonlarning diplomatik kanallar orqali davlat ichkarisidagi zaruriy amallar bajarilganligi to`g`risida so`nggi yozma xabari qabul qilingan vaqtdan 30 kun o`tgach kuchga kiradi. Xitoy tomonining tegishli xabari 2017 yilning 2 dekabrida qabul qilindi.

Bitimning asosiy maqsadi ikki mamlakat o`rtasida xalqaro avtomobil tashuvlarini va ularning hududlari orqali tranzit o`tishlarni amalga oshirish uchun o`zaro maqbul huquqiy sharoitlarni yaratishdan iborat.

Mazkur hujjatga ko`ra, tomonlar ikki davlatdan birida ro`yxatdan o`tgan transport vositalari orqali vakolatli davlat organlarining o`zaro kelishuvi asosida belgilangan yo`nalishda xalqaro avtomobil tashuvlarini o`z davlatlari hududida amalga oshirish huquqiga egadirlar.

Bitim shartlariga muvofiq, ikki tomonlama hamda tranzit tashuvlar mamlakat vakolatli organlari, xususan, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda XXR Transport vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Shu maqsadda vakolatli organlar har yili bir-biriga yuklar olib o`tish uchun ruxsatnoma blankalarining o`zaro kelishilgan miqdorini taqdim etishadi.

Mazkur huquqiy hujjat ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga ijobiy turtki beradi. O`zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun yangi istiqbollarni ochadi va ikki tomonlama manfaatli tashuvlar bozorining shakllanishiga xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1