1 SOTIX ERGA QANChA SOLIQ TO`LANADI?

Savol-javob 13.12.2017, 15:53
1 SOTIX ERGA QANChA SOLIQ TO`LANADI?

— Aholi punktlari hamda aholi punktlaridan tashqarida 1 sotix er uchun qancha soliq to`lanadi?

Ahmad Ilyosov, Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani

D.JUMAEV, Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i:

— O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 287-moddasiga asosan Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida er uchastkalariga ega bo`lgan jismoiy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo`jaliklari er solig`ini to`lovchilardir. 293-moddasida er solig`ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilishi hamda davlat soliq xizmati organlari er solig`ini to`lovchilar bo`lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritishi belgilab qo`yilgan.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-son qarori, 20-ilovasi, 8-jadvaliga muvofiq qishloq joylarda joylashgan er uchastkalaridan foydalanganlik uchun fuqarolardan undiriladigan er solig`i stavkalari quyidagicha hisob-kitob qilinadi. Buxoro viloyati bo`yicha dehqon xo`jaligini yuritishga berilgan erlar, sug`oriladigan hamda lalmi erlar toifasi bo`yicha stavkalar belgilangan. Shu asnoda sug`oriladigan zona bo`yicha: axoli punktlarida 0.01 ga uchun er solig`i stavkasi 5 364.5 so`m, aholi punktlaridan tashqarida 0.01 ga uchun er solig`i stavkasi 2 680.8 so`m belgilangan. Sug`orilmaydi gai lalmi erlarga 0.01 ga uchun er solig`i stavkasi 497,5 so`m miqdorida belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1