​OILAMIZ SIRINI OShKOR QILIShDI...

Savol-javob 13.12.2017, 17:19
​OILAMIZ SIRINI OShKOR QILIShDI...

Oilaviy sirlarni oshkor etgan shaxsga nisbatan qanday javobgarlik belgilangan?

Huquqiy axborot kanali javob beradi:

Qonunchiligimizga ko`ra, oilaviy sirlarni oshkor etgan shaxsga nisbatan ma`muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Xususan, O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 46 prim bir-moddasiga ko`ra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to`g`risidagi ma`lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig`ish yoki tarqatish,

eng kam ish haqining 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

Ushbu modda bilan ma`muriy javobgarlikka tortilgan shaxs yana shunday harakatni amalga oshirsa, Jinoyat kodeksiga muvofiq eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1