1

QIShNI KASALLIKLARSIZ O`TKAZAMIZ!

SUG'DIYONA 15.12.2017, 15:30
Teglar: Sog` bo`ling
QIShNI KASALLIKLARSIZ O`TKAZAMIZ!

Zanjabil

Tomog`ingiz qichishib, tumov boshlanayotganini his qilsangiz, uyquga yotishdan avval bir necha piyola zanjabilli choy iching.

Tomog`ingiz og`risa, zanjabilning po`stlog`ini artib, bir bo`lagini chaynang. U ham og`riqni kesadi, ham tomoqdagi infeksiyalar o`chog`ini yo`qotadi.

Yurak uchun kaliy va magniy muhim. Zanjabil bu minerallarga boy bo`lib, qon tomirlarini ham mustahkamlaydi, ularning o`tkazuvchanligini yaxshilaydi. Yuragingiz sog`lom bo`lishini istasangiz, har kuni zanjabilli choy iching.

Oshqozonga foyda: tarkibi ovqat hazmi uchun kerakli aminokislotalarga boy bo`lgan zanjabil ovqat hazmini yaxshilab, xolesterin miqdorini tushiradi. Shuningdek, oshqozon mikroflorasini yaxshilab, bakteriyalarni nobud qiladi, ortiqcha vaznni yo`qotadi.

Zanjabilli choyni tayyorlash oson: zanjabilni po`stlog`idan tozalab, mayda tishli qirg`ichdan chiqaring. Choynakka zanjabil, ko`k yoki qora choy, bir necha bo`lak limon va 3-4 dona qalampirmunchoq solib, ustidan qaynab turgan suv quying. 15-20 daqiqa tindiring. Istakka ko`ra, asal qo`shib ichishingiz ham mumkin. Zanjabilli choy isituvchi ta`sirga ega. Shuningdek, tanangizni vitaminlar bilan boyitadi.

Mumkin emas: jigar va teri kasalliklarida, homiladorlik va emizikli davrda bilan maslahatlashing.

Turp — salomatlik qo`riqchisi

Mikroblardan muhofaza qiladi, organizmdan zaharli moddalarni haydovchi engil singuvchi birlashmalarga boy. Turp sabzavotlar orasida kaliyga eng boyi. Ateroskleroz, podagra, buyrak kasalliklarida, shuningdek, ishtahani ochish uchun turpni qirg`ichdan chiqarib, biroz asal qo`shib eyish foydali.

Bolalardagi yo`talni davolash uchun turpni mayda to`g`rab, temir idishga soling. Ustiga biroz shakar sepib, past olovga 2 soatga qo`ying. Hosil bo`lgan suyuqlikni suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatlanishdan avval 2 choy qoshiqdan ichiring.

Bronxit va boshqa shamollash kasalliklarida turpni qirg`ichdan chiqarib, xantal (gorchisa) kabi orqa va ko`krak qafasiga qo`yish lozim.

Ich qotishi va ichakdagi xiltlardan xalos bo`lish uchun bir dona turpni qirg`ichdan chiqarib, sharbatini siqib oling va uni ilitib iching. Shuningdek, u peshob haydash ta`siriga ham ega.

Mumkin emas: enterokolit, oshqozon yarasi va gastritda turpli muolajadan avval shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Qizilpoychali choy — jigar yordamchisi

Qizilpoycha (zveroboy) tibbiyotda ko`p qo`llaniladigan davolovchi giyohlar sirasiga kiradi. Jigar, o`t pufagi kasalliklari, oshqozon faoliyatini yaxshilash uchun qabul qilinadi. Stomatitda og`izni chayish, gaymorit va yaralarni yuvish uchun ham qizilpoycha damlamasi foydali. Chunki u bakteriyalarga qarshi ta`sirga ega.

Damlama tayyorlash uchun 1,5 osh qoshiq giyohni emallangan idishga solib, ustidan bir stakan qaynagan suv quyiladi. So`ng idish qopqog`ini yopib, 30 daqiqa davomida qaynab turgan choynak ustida tuting. Dokada suzib olib, istakka ko`ra biroz qaynagan suv aralashtirib yoki o`zini yarim stakandan ovqatlanishdan 30 daqiqa avval iching. Damlamani 2 sutkadan ortiq saqlamang.

Mumkin emas: homiladorlik va qon bosimi ko`tarilib ketadigan bemorlarga tavsiya etilmaydi.

Dastorbosh (tsyachelistnik)

Qo`l-oyoqlaringizdagi asab tolalari shamollaganda dastorbosh damlamasi qo`shilgan vanna qilish foyda beradi. Shuningdek, klimaks davrida dastorboshli choy ichish ahvolni engillashtiradi.

Qon kamayganda: bir xil miqdordagi dastorbosh, momoqaymoq va qichitqi o`tni aralashtiring va 1 osh qoshig`ini 1,5 stakan qaynagan suvda damlang. 3 soat tindiring. Ovqatlanishdan 20 daqiqa avval kuniga 3-4 marta qabul qiling.

Oshqozon yarasi, gastritda bir choy qoshiq dastorboshni bir stakan qaynagan suvda damlang va 5-10 daqiqa tindiring. Kuniga 3 marotaba yarim stakandan ichiladi.

Fayruza MUXTOROVA tayyorladi.

Sharhlar

BO`ShAShGAN, QONAYoTGAN VA YaLLIЈLANGAN MILKNI DAVOLAYMIZ!

21.12.2017, 18:31

Ko`pchilik tish yuvayotgan paytda milklarining qonashiga uncha ahamiyat bermaydi. Vaholanki, aynan shu holatdan keyin og`zidan hid kelishidan tortib tish bo`shab qolishi va tushishigacha bo`lgan asoratlar...
APELSIN. ShARBATI HAM, ETI HAM, PO`STLOG`I HAM ShIFOBAXSh XUSUSIYaTGA EGA

21.12.2017, 18:18

Plyuslari: Sharbati hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, teri jarohatlanganda qon ketishini to`xtatishda yordam beradi, yaralarni zararli mikroblardan tozalaydi.Agar har kuni och qoringa bir juft apelsin esangiz...
MANDARIN — YaNGI YIL MEVASI!

21.12.2017, 18:18

Plyuslari: Tana harorati ko`tarilganda mandarin sharbati chanqoqni bosishda yordam beradi; Mikrob va viruslarga qarshi ta`sir kuchiga ega. Demak, o`tkir respirator kasalliklar va grippning oldini olishda...
BAYRAM DASTURXONI VA SALOMATLIK

21.12.2017, 18:15

Har bir kasallikka xos mumkin bo`lmagan holatlar bor. Bayram dasturxonini bezatishda yoki noz-ne`matlardan bahramand bo`lishda ularni inobatga olishga to`g`ri keladi. U yoki bu kasallikda qaysi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1