1

“UY-JOYNI TOG`ALAR OLIB QO`YIShMOQChI”

Savol-javob 15.12.2017, 15:32
“UY-JOYNI TOG`ALAR OLIB QO`YIShMOQChI”

— Xolamning bevaqt o`limi sabab endigina o`n sakkiz yoshga kirgan qizi yolg`izlanib qoldi. Onasiga tegishli uy-joyni esa hozir tog`alarimiz olib qo`yishmoqchi. Xolamning shu qizidan bo`lak hech kimi yo`q edi. Shu ma`noda qiz onasidan so`ng mol-mulkning yagona merosxo`ri hisoblanmaydimi?

Advokat Nafisa Ibragimova javob beradi.

— Qonun bo`yicha er-xotin, ota-ona, farzandlar va unga tenglashtirilgan(farzandlikka olingan)lar birinchi darajali merosxo`rlar sanaladi. Shunga ko`ra, jiyaningiz ham onasining yagona merosxo`ridir. Mazkur vaziyatda u merosni qabul qilish uchun uy-joy joylashgan hududdagi notarial idoraga murojaat qilishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1