Qish faslida organizmni virus va infeksiyalar hujumidan himoyalash uchun immunitetni mustahkamlash lozim. Shu ma`noda biz quyida tavsiya etmoqchi bo`lgan mahsulotlarni kundalik taomnomangizga kiritsangiz, turli xastaliklar, shamollash va tumovni butkul unutasiz.
Ko`k choy
Salomatligini qadrlaydiganlar tongni bir piyola ko`k choy bilan qarshi olishadi. Chunki ko`k choy tarkibida inson organizmining immun tizimi uchun zarur bo`lgan vitamin hamdaantioksidantlar mavjud. Kuniga 1-2 piyola ko`k choy ichib tursangiz, kasalliklarga chap bera boshlaganingizni tez orada o`zingiz ham sezasiz. Ko`k choyga bir dona olma, yarimta limon sharbati, shakar o`rniga esa bir qoshiq shifobaxsh asal solib ichsangiz yanada foydalidir.
Sarimsoq va piyoz
Sarimsoq organizmdagi foydali bakteriyalarni ko`paytiruvchi tabiiy probiotik bo`lgani bois, immunitetni mustahkamlash xususiyatiga egadir. Uning tarkibidagi allisin, axion va tiosulfat kabi birikmalar infeksiyalarga qarshi kurashishda tengi yo`q vosita sanaladi. Shuningdek, sarimsoq angina, bronxit va o`pka shamollashida ham foydali. Sarimsoqdan tashqari, probiotiklar turkumiga piyoz, ko`k piyoz va bananni ham kiritish mumkin. Ulardan ham muntazam iste`mol qilib borish koni foyda.
Sutning foydasi
Kundalik dasturxoningizda bifido va laktobakteriyalarga boysut mahsulotlari mavjud bo`lsa, immunitetingiz yanada mustahkamlanadi. Kuniga ikki piyola sut (mahsulotlaridan masalan, bir piyola yog`siz sut yoki tabiiy yogurt, qatiq) iste`mol qilsangiz, butun qish davomida shamollamaysiz.
Baliq va dengiz mahsulotlari
Dengiz mahsulotlari rux moddasiga boy bo`lganligi tufayli immunitetni mustahkamlashda benazir vositadir. Ular tarkibidagi to`yinmagan yog` kislotalari kuchingizga-kuch qo`shadi. Bilsangiz, organizmga etarli miqdorda rux moddasi kelib tushsa, immunitet mustahkamligiga sabab bo`luvchi kortizol gormoni faol ishlab chiqarila boshlaydi. Bundan tashqari, yodga boy bo`lgan dengiz karami ham organizm uchun juda foydalidir.
Sitrusmevalari
Ular S vitaminining asosiy manbai bo`lgani bois kundalik taomnomangizdan joy olishi lozim. Sitrus mevalaritarkibidagi antioksidantlar esa immunitetni mustahkamlab, nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Biroq me`da-ichak xastaliklari va allergiyada sitrus mevalaridan tiyilgan ma`qul.
Sabzi
Sabzi sharbatida beta–karotin, kalsiy, temir, kaliy, mis va boshqa bir qator vitaminlar bo`lganligi uchun immuniteti zaiflashib qolganlar uni ko`proq ichishlari kerak. Bundan tashqari, sabzi infeksiyalarga qarshi kurashadi. Garchi, qaynatilgan va qovurilgan sabzida ham vitaminlar saqlanib qolsa-da, uni xomligicha iste`mol qilish foydali.
Go`sht
Tovuq, kurka va buzoq go`shti temir hamda rux moddalariga boydir. Immunitet mustahkamlanishi uchun juda zarur egulik hisoblanadi. Kuniga 70–100 gr. yog`siz go`sht tanovvul qilinsa, organizmning immun tizimi yanada faolroq ishlay boshlaydi. Chunki go`sht tarkibidagi oqsillar virus va bakteriyalarga qarshi kurashuvchi antitanalar ishlab chiqarilishida ishtirok etadi.
Ziravorlar
Lavr yaprog`i, zanjabil, dolchin, ukrop, selderey va turli ziravorlar zaiflashib qolgan immunitetni mustahkamlaydi. Sedana ham immunitetni oshiruvchi ziravorlar sirasidandir. Uning tarkibida oshqozonning yog` va yog` kislotalarini parchalashga yordam beruvchi lipaza mavjud. U moddalar almashinuvini yaxshilaydi, natijada, immunitet o`z-o`zidan mustahkamlanib boradi.
Saodat tayyorladi.