AsosiySUG'DIYONA

SOChLAR UChUN «TEZ YoRDAM»

'SOChLAR UChUN «TEZ YoRDAM»'ning rasmi

— 16 yoshimdan buyon sochlarimni bo`yab, rangini tez-tez o`zgartirib turaman. Ko`pincha tabiiy rangi qora bo`lgan sochlarimga sarg`ish tus berib yuraman. 30 yoshga borib sochlarim quruqlashib qoldi. Har qancha qimmat vositalarni qo`llamay, foydasi bo`lmadi. Nihoyat, osongina yo`lini topdim. Aynan shu usul bilan sochlarimni quruqlashishdan qutqardim.

Sochlarimga ushbu niqobni surtaman: bolalarga mo`ljallangan eng oddiy kremning bittasini 5 osh qoshiq zaytun yoki shaftoli moyi bilan aralashtiraman. Uni sochlarimni yuvishdan 20 daqiqa avval surtib qo`yaman. Keyin sochlarimni avval shampun, so`ng soch uchun mo`ljallangan kondisioner bilan yuvaman. Bu muolajadan keyin sochlarim tabiiy jilosini tiklab, sog`lom ko`rinishga ega bo`ldi.

Shohida, Samarqand shahri

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar