AsosiySUG'DIYONA

BAYRAM DASTURXONI VA SALOMATLIK

'BAYRAM DASTURXONI VA SALOMATLIK'ning rasmi

Har bir kasallikka xos mumkin bo`lmagan holatlar bor. Bayram dasturxonini bezatishda yoki noz-ne`matlardan bahramand bo`lishda ularni inobatga olishga to`g`ri keladi. U yoki bu kasallikda qaysi mahsulotlar ma`n etilishini bilib olsangiz, o`zingizga foyda.

  • Oshqozon kislotaliligi oshishishi bilan bog`liq gastrit va yara (yazva)da sirka, mayonez qo`shilgan eguliklar, marinadlar, spirtli ichimliklar va dudlangan go`shtlar mumkin emas. Qora qahva va shokoladni ham ehtiyot bo`lib iste`mol qiling.
  • Oshqozon kislotaliligi pasayishi bilan bog`liq gastrit va yara (yazva)da drojali xamirdan tayyorlangan pirog va shirin kulchalar, muzqaymoqdan voz kechib turgan ma`qul. Imkon qadar mayonez emas, zaytun yog`i qo`shilgan salatlar eng.
  • Xolesistit, gepatit va pankreatitda asosiysi — yog`li ovqatlarni cheklash.
  • Yurak kasalliklari, gipertoniya, aterosklerozda dudlanganlar kolbasalar, yog`li pishloqlar, jigar, yog`li go`sht eyish mumkin emas. Tuxum, tuzlama va konservalardan ham o`zingizni tiyib turganingiz ma`qul. Salatlarga mayonez emas, zaytun yog`i va limon sharbati qo`shish kerak.
  • Artrit, podagra, modda almashinuvi kasalliklari dukkakli, ismaloqli, shovulli, qo`ziqorinli mahsulotlardan tayyorlangan taomlardan voz kechib turishni talab etadi. Marinadlar, dudlangan mahsulotlar, yog`li go`sht va kremli tortlar ham mumkin emas. Pomidor, qizil vino, uzum, makkajo`xori, sutdan ehtiyotkorlik talab etiladi.
  • Buyrak etishmovchiligi va buyrakning boshqa kasalliklarida imkon qadar taomnomadan dudlangan, konservalar, tuzlangan baliq, kolbasa va sosiskalar, achchiq pishloqlar, tuzlangan, achchiq sabzavotlarni chiqarib turish zarur.
  • Qandli diabet un mahsulotlari, shirin mevalar (uzum, banan, nok, anjir va hokazo), sabzavotlar (sabzi, lavlagi), muzqaymoq, tort va pirojniylar, shakar, konfet iste`molini qat`iy ta`qiq ostiga qo`yadi.
Nilufar VAHOBOVA

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar