AsosiySUG'DIYONA

MANDARIN — YaNGI YIL MEVASI!

'MANDARIN — YaNGI YIL MEVASI!'ning rasmi

Plyuslari:

Tana harorati ko`tarilganda mandarin sharbati chanqoqni bosishda yordam beradi;

Mikrob va viruslarga qarshi ta`sir kuchiga ega. Demak, o`tkir respirator kasalliklar va grippning oldini olishda ham foydali.

Ichaklar faoliyati buzilganda ham mandarin va uning sharbati foydali.

Quvvat bag`ishlaydi va moda almashinuvini yaxshilaydi.

Quritilgan po`stlog`i tinchlantiruvchi ta`sir kuchiga ega.

Vitaminlarga boy: K — tomirlar elastikligi uchun javobgar; D — suyaklarni raxitdan himoyalaydi; V1 vitamini — asab tizimi uchun zarur; A provitamini — ko`zlar, teri va shilliq qavatlar uchun kerakli;

Astma va bronxitda shifokorlar ertalablari sarxil mandarin sharbatidan bir stakan ichishni tavsiya etishadi. Bu bronxlar va o`pkalarni shilimshiq moddadan tozalaydi.

Mandarin tarkibida ko`p miqdorda aminokislotalar mavjud. Ular esa shishlarni bartaraf etishda foydali.

Minuslari:

Oshqozon, buyrak va ichaklar shilliq qavatini ta`sirlantiruvchi meva kislotalari ko`p. Shuning uchun xolesistit, gepatit, enterit, yuqori kislotali gastrit, o`n ikki barmoqli ichak va oshqozon yara kasalliklarida mandarin eyish tavsiya etilmaydi.

Boshqa yangiliklar