1

«PARVARIShLAGAN KIMU, HAQINI SO`RAYoTGAN KIM?»

Savol-javob 23.12.2017, 18:22
«PARVARIShLAGAN KIMU, HAQINI SO`RAYoTGAN KIM?»

Bundan yigirma besh yil avval qaynakamni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirdik. Haligacha davolanadi. Uylanganidan so`ng besh oy o`tib, xastaligi ma`lum bo`lgan va o`sha paytdan buyon xotini bilan yashamaydi. Ammo qonuniy ajrashishmagan. Qizini ham onasining o`zi parvarishladi. Qaynakamning nomida quruq er maydoni bor edi. Biroq erning taqdiri bilan shu paytgacha ishimiz bo`lmagan. Erimning tog`asi «Er davlat tasarrufiga o`tib ketgan» derdi. Yaqinda qaynakamning xotini o`sha erdan ulush talab qilib sudga murojaat qildi. Biror marta erining xolidan xabar olmagan ayolning shunday qilishi to`g`rimi? Yaqinlarimiz esa «Uni sizlar parvarishladingiz, ulushingizni talab qiling» deyishayapti. Agar shunday qilsak, bizga ham o`sha erdan biror nima tegishi mumkinmi?

Mohira Xudoyqulova, Samarqand viloyati

Agar ushbu er maydonida qaynakangiz yoki uning oila a`zolari tomonidan turar-joy qurilgan bo`lsa, bu holat kelajakda ular o`rtasida qurilmalarga egalik huquqini belgilash, ularni bo`lish haqidagi nizolarni keltirib chiqarishi mumkin. Turar-joy qurish uchun ajratilgan er maydonida belgilangan muddatda qurilish ishlarini olib borilmaganligi esa, ushbu er maydonini ajratish haqidagi qarorning bekor qilinishiga asos bo`lishi mumkin. Er maydonida egalik huquqini keltirib chiqaruvchi qurilmalarning mavjud bo`lmasligi, tomonlarga kelajakda er maydonidan ulush ajratish haqida nizolashish imkoniyatidan mahrum etadi.

Manba: «Sug’diyona» gazetasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1