O`tgan yili qo`shnim o`g`lini uylantirdi. Yoshlar ikki oygina yashashdiyu, so`ng kelin uyiga ketib qoldi. O`shandan buyon bo`lak yashashadi. Yaqinda qo`shnimning o`g`li ajrashish uchun «ZAGS»ga ariza berdi. Ammo ajrim hal qilinadigan kunda kelinning ishtirok etmagani bois ishni sudga oshirishdi. Sud kelinning ajrimga norozi ekanligini inobatga olib, da`voni rad etdi. Shu kelinni sira tushunolmayapmiz, ajrashishni istamaydiyu, ammo eri bilan birga yashashga ham xushi yo`q. Qo`shnim esa ajrim bo`lmasdan sepini olib ketmaydi deyapti. Agar qudalar kelib, sepini talab qilishsa, olib ketishlari mumkinmi?
Ismi sir tutildi.
Turmushga chiqishi munosabati bilan farzandiga ota-onasi tomonidan qilingan barcha mol-mulk (sep) kelinning shaxsiy mulki hisoblanadi. Mulk egasi o`zaro nikohdan ajrashish masalasi hal etilmasidan oldin ham o`ziga tegishli mulkni talab qilib olishi mumkin.
Manba: «Sug’diyona» gazetasi