Rep va xip-xop
Snup Dog va Doktor Dre musiqalarini ko`proq yoqtiruvchi insonlar ko`proq ozodlikka moyillar va o`ziga katta baho beruvchilardandirlar.
Pop
Pop musiqasini eshitishga moyil insonlar mehnatsevar, o`ziga ishonganlardandir. Bundan tashqari bunday insonlar odatda san`atkor hamdirlar, ammo biroz uyatchan bo`lishardi haqida olimlar ta`kidlashadi.
Folklor
Odatda bunday musiqa turini eshitishni yoqtiruvchi insonlar mehnatsevar ekanlar. Psixologlarning ta`kidlashlaricha, bunday turdagi insonlar hissiyotlarga to`la bo`lib, odatda xayollarida ko`pincha tog`lar, bepoyon dalalar namoyon bo`ladi.
Rok
Rok va xevi metalni yoqtiruvchilar yolg`izlikni xush ko`ruvchilardan ekanlar. Bilasizmi, ular o`ziga biroz past darajada baho beruvchilardan, shuning uchun bo`lsa kerak, ko`p odam bor joyni uncha xush ko`rmaydilar.
Klassika
Klassik musiqa ko`ngliga xush bo`lganlar, kiborli va hamma bilan ham til topa olmaydigan insonlar. Ammo o`z haq huquqini yaxshi biluvchi va o`z o`rnini boshqalarga ko`rsata oluvchilardirlar.
Jaz, blyuz
Bunday musiqa turlaridan birini yoqtiruvchilar odatda xohlagan davrani qizdira oladilar. Bashang kiyinishni yoqtiradilar va hayotdagi asosiy maqsadlari o`zgalardan ajralib turishdir.






