AsosiySUG'DIYONA

BAYRAMONA RULET

'BAYRAMONA RULET'ning rasmi

Bir kun oldin tayyorab qo`ysangiz ham bo`ladi!

Zarur masalliqlar: 750 gr. mol go`shti qiymasi, 150 gr. olxo`ri qoqi, 60 gr. yong`oq mag`zi, 2 bosh piyoz, 2 dona tuxum, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, bitta olma, 1 osh qoshiq makkajo`xori kraxmali, rozmarin, timian, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni maydalab to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring. Olovdan olishdan avval maydalangan sarimsoqpiyozni qo`shing.

2. Olxo`ri qoqini qaynoq suvda iviting. So`ngra maydalab to`g`rang.

3. Go`sht qiymasiga piyoz, rozmarin, timian, tuz, murch, kraxmal va tuxumni qo`shing. Faqat bitta tuxum sarig`ini olib qo`yishni unutmang.

4. Yashil olmaning yarmini mayda tishli qirg`ichdan o`tkazib, qiymaga qo`shing.

5. Pishiriq qog`ozini gaz patnisiga yoyib, o`simlik yog`idan surting. Keyin qiymani solib, 1,5 sm. qalinlikda yoying.

6. Ustiga olxo`ri qoqi va yong`oq mag`zini solib, rulet shaklida o`rang. Endi toblama qolipiga solib, ustini oching. 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo`ying.

7. Olmani maydalab to`g`rab, ozgina suv soling-da, olovga qo`ying. Dimlab pishirib oling. Keyin ezib, biroz sovigach, tuxum sarig`ini qo`shing. Aralashmani rulet yuziga surtib, olov haroratini 180 darajaga tushiring-da, 30 daqiqa gaz pechida qoldiring. Pishiriq qog`ozini olib tashlasangiz ham bo`ladi. Ruletni bir kun oldin tayyorab, muzlatkichda saqlash mumkin.

1 soatu 25 daqiqa

6 kishilik

    Boshqa yangiliklar