1

ALKOGOL NARXI O`RTAChA 25 FOIZGA OShDI

Iqtisodiyot 03.01.2018, 10:59
ALKOGOL NARXI O`RTAChA 25 FOIZGA OShDI

O`zbekiston Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasi 2018 yil 1 yanvardan alkogolli mahsulotlar uchun yangi eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni tasdiqladi.

Ishlab chiqaruvchilar uchun vinoning eng kam ulgurji-sotish narxini 1 litr uchun 5400 so`mdan 6500 so`mga, eng kam chakana narxi esa 6500 so`mdan 7800 so`mga (20 foiz) oshirildi.

Aroq va o`tkir alkogol mahsulotlari uchun ulgurji-sotish narx avvalgi 12,9 ming so`m o`rniga eng kamida 16 ming so`m, chakana narx esa 15500 so`m o`rniga 19,2 ming so`m qilib belgilandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Konyakning eng kam ulgurji-sotish narxi 17,2 ming so`mdan 22 ming so`mga, chakana narxi esa 20,6 ming so`mdan 26,4 ming so`mga (28 foiz) oshirildi.

Alkogol mahsulotlarini ushbu narxlardan past baholarga sotish taqiqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1