"TOVUQLI PANChO" TAOMI

SUG'DIYONA 03.01.2018, 16:45
"TOVUQLI PANChO" TAOMI

Mazasiga baho bering...

Zarur masalliqlar: 500 gr. tovuq go`shti, 200 gr. qo`ziqorin, 50 gr. smetana, 1 ta piyoz, o`simlik yog`i, tuz, murch. Garnir uchun qaynatilgan kartoshka pyuresi.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini somoncha shaklida to`g`rab, tuz va murch bilan aralashtiring. Qo`ziqorinlarni avval tuzsiz suvda bir oz qaynatib olib, so`ngra suvidan silqing.

2. Piyozni mayda to`g`rab, tovada qovuring. Ustidan tovuq go`shti va qo`ziqorinni іam solib, qovurishda davom eting. 15-20 daqiqa o`rta olovda pishgach smetanani solib, olovni pastlang va 10 daqiqaga dimlab qo`ying.

3. Qaynatilgan kartoshka pyuresini likopchaga solib, yoniga tovuqli toblamadan qo`shing. Mazkur taom yaqinlaringiz uchun manzur bo`ladi.

Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1