AsosiySavol-javob

RASMAN NIKOHDAN O`TMAGANMIZ, ALIMENT TO`LAYMANMI?

'RASMAN NIKOHDAN O`TMAGANMIZ, ALIMENT TO`LAYMANMI?'ning rasmi

Men bundan bundan 3 yil oldin rasman nikohdan o`tmasdan uylangan edim, 1 yil yashab ajrashib ketdik. Sobiq turmush o`rtog`im o`sha paytda mendan farzandli bo`ldi. Endilikda oradagi ikki yilga aliment to`laymanmi?


Konstitusiyamizning 64-moddasiga muvofiq ota-onalar o`z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Oila kodeksining 64-moddasiga ko`ra o`zaro nikohda bo`lmagan shaxslardan tug`ilgan bolalar o`zaro nikohda bo`lgan shaxslardan tug`ilgan bolalar bilan teng huquq va majburiyatlarga ega.

Ushbu Kodeksning 99-moddasida voyaga etmagan bolalariga ta`minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug`iga asosan aliment undirilishi belgilangan.

Kodeksning 136-moddasiga asosan aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.

Agar ta`minot uchun mablag` olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko`rilganligi, ammo aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning uni to`lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o`tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin.

https://t.me/huquqiyaxborot

    Boshqa yangiliklar