1

Amerikaliklar dunyodagi eng tez yurar avtomobilni ishlab chiqarmoqchi

Hi-tech 13.05.2014, 16:01
Amerikaliklar dunyodagi eng tez yurar avtomobilni ishlab chiqarmoqchi

AQShning Shelby SuperCars kompaniyasi dunyodagi eng yuqori tezlikka ega avtomobilni ishlab chiqarmoqchi.

Kompaniya maksimal tezligi 450 km/s teng  bo`lgan superkarlarni chiqaradi. Shelby SuperCars mazkur superkarlarni ishlab chiqarishda hech qaysi bir yirik avtokonsernlar bilan hamkorlik qilmayapti. 

Tuatara deya nomlangan ushbu avtomobil dvigateli 1350 ot kuchiga teng bo`lib, 100 km/s tezligiga 2 soniyada etadi, maksimal tezligi esa 444 km/s ga teng bo`ladi. Superkarni ishlab chiqarish uchun yangi zavod kerak bo`ladi. Yangi zavod eskisi kabi kompaniya asoschisi Jerod Shelbi yurti Vashingtonda joylashadi. 

Zavod keyingi yil ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Loyihaga ko`ra, zavodda yiliga 48 ta superkar ishlab chiqarilishi ko`zda tutilgan.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1