1

Andijonda yuz beran yong`in oqibatida Beeline’ning baza stansiyasi deyarli yo`q bo`lib ketdi

Hi-tech 03.06.2014, 14:32
Andijonda yuz beran yong`in oqibatida Beeline’ning baza stansiyasi deyarli yo`q bo`lib ketdi

Beeline aloqa operatori Andijon viloyatining Marhamat tumanida qayta tiklash ishlari olib borilayotganini xabar bermoqda.

31 may shanba kuni Marhamat tumanining shahar binolarining birida yong`in sodir bo`ldi, buning oqibatida ijaraga olingan tom maydonida Beeline‘ning baza stansiyasi ishdan chiqdi.

“Afsuski, yong`in haqida eshitmagan yaqin oradagi tuman aholisi ham uning oqibatini sezishdi, - voqeani sharhlaydi Unitel‘ning texnik direktori Denis Kotlyarenko. – Gap shundaki, olovdan deyarli yo`q bo`lib ketgan baza stansiyasi asosiy bo`lib, uning ishdan chiqishi oqibatida, yigirmadan ortiq baza stansiyalar o`chgan. Albatta, barcha imkoniyatlarni jamlagan holda, uskunalarning ishini yangilash bo`yicha ulkan harakatlarni amalga oshirmoqdamiz”.

Qayta tiklash ishlarining natijalari haqida kompaniya yaqin vaqt ichida xabar beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1