1

Xitoyda Google taqiqlandi

Hi-tech 05.06.2014, 11:13
Xitoyda Google taqiqlandi

Google'ning ko`pgina xizmat turlari Xitoyda taqiqlandi.

Shu qatorda qidiruv tizimi, Picasa veb-albomi, onlayn-tarjimon va elektron pochta xizmatlari ham. Ushbu taqiq vaqtinchalikmi yoki doimiymi aniqlik kiritilmagan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar beradi.  

Google kompaniyasining Xitoy hukumati bilan munosabatlari unchalik ham yaxshi emas.  Kompaniya ushbu mamlakatda 2005 yildan beri faoliyat yuritmoqda. 2010 yilning yanvar oyida Google'ning Gmail xizmatiga Xitoy hududidan xakerlik hujumi uyushtirildi.Qidiruv tizimining natijalari  esa senzuraga uchradi. Shu sababli Google o`z serverini Xitoydan Gonkongga ko`chirishga majbur bo`lgan. 

Xitoyda aholini zararli ma`lumotlardan saqlash maqsadida internet qattiq nazorat ostidadir. Butun mamlakat bo`ylab Youtube taqiqlangan, 2009 yilda Sinszyan provinsiyasidagi  tartibsizliklardan so`ng esa Twitter hamda Facebook ijtimoiy tarmoqlari ham qora ro`yxatga tushdi.   Dunyoga mashhur saytlar hukumat nazorati ostidagi mahalliy ijtimoiy tarmoqlar bilan almashtirilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1