1

Hafta davomida sizni nima kutmoqda (26 mart – 1 aprel)?

Munajjimlar bashorati 26.03.2018, 10:40
Hafta davomida sizni nima kutmoqda (26 mart – 1 aprel)?
Hamal

Hafta boshida burj vakillari kuch-quvvatga to`lib, barcha ishlarda mas`uliyatni bo`yniga olishga shoshadilar. Munajjimlar har narsada me`yorni bilishga chaqirishmoqda. Aks holda qarama-qarshiliklarga uchrashingiz mumkin. Yaxshisi, quvvatingizni ko`proq yon-atrofingizdagilar bilan muloqot qilishga, sayohatlarga, dunyoqarashingizni oshirishga qarating. Shuningdek, yaqinlaringiz va qo`shnilaringiz bilan aloqalaringizni yanada mustahkamlashga imkon bo`ladi.

Savr

Miriqib hordiq chiqarish uchun sizga tinch va osuda muhit kerak bo`ladi. Ko`proq ichki ovozingizga quloq soling. Hafta davomida o`z ustingizda ishlashga, ruhiy holatingizni yaxshilashga qulay fursat bo`ladi. Shuningdek, bir qancha foydali xaridlar, yangi bilimlar va tanishuvlar ham kutmoqda. Biroq hafta oxirida yolg`iz qolish istagi tug`ilishi mumkin.

Javzo

Kutilmagan voqealardan ruhan ta`sirlanish ehtimoli katta. Hatti-harakatlaringizda, gap-so`zlaringizda ehtiyotkor bo`ling. Yana bir narsaga e`tibor qiling: pul mablag`larini o`tkazish, qarz olish yoki qarz to`lash bilan bog`liq masalalarda. Bo`lmasa mablag` yo`qotishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun barcha moliyaviy savollarni shaxsan o`zingiz nazorat qiling. Fe`lingizdagi optimistlik qiyinchiliklarni engib o`tishda yordam beradi.

Saraton

Astrologlar oldingizga katta maqsadlarni qo`yishdan qo`rqmaslikka va olg`a intilishga chaqirmoqda. Albatta, yo`lda uchraydigan to`siqlar, qiyinchiliklarni ham hisobga olish kerak. Maqsadlar yo`lida sizga bir mansabdor kishi yordam berish ehtimoli yo`q emas. Dam olish kunlaringizni oila a`zolaringiz bilan o`tkazasiz va bu sizga keyingi rejalaringizda katta foyda beradi.

Asad

Burj vakillarini omadli hafta kutmoqda, deyish mumkin. Yangi tanishlar orttirasiz, ular bilan do`stlik rishtalarini bog`laysiz. Kelajakka optimist nigohi bilan boqing, shunda orzularingiz birinma-ketin ro`ybga chiqa boshlaydi. Uzoq kelajak uchun ham maqsadlar qo`yavering. Hafta so`nggida sog`ligingiz biroz bezovta qilishi mumkin, lekin unga e`tiborli bo`lib, davolash muolajalarini vaqtida bajarsangiz, ko`rmagandek bo`lib ketasiz.

Sunbula

Asosiy ish joyingizda o`zgarishlar kutilmoqda. Bundan aslo qo`rqmang. Kareradagi har bir o`zgarishlar natijasi ahvolingizni faqat yaxshilashgagina xizmat qiladi. Yangi ish qidirishingiz ham foydadan xoli bo`lmaydi. Hafta mobaynida shaxsiy hayotda bo`layotgan tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun imkon bo`ladi. Anchadan buyon munosabatlardan ko`ngli to`lmayotgan juftliklar o`rtadagi “to`siq”larni olib tashlashga qaror qilishadi. Tashqi ko`rinishingizni yanada yaxshilang, go`zalligingizga go`zallik qo`shing.

Mezon

“Mezon”lar uchun ushbu hafta yangi bilimlar, yangi o`rganishlar haftasidir. Buning uchun sayohatga otlanish, boshqa xalqlarning o`ziga xosliklarini o`rganishga bo`lgan qiziqishingiz ortadi. Moliyaviy jihatdan qurbingiz etsa, oz tmuddatga bo`lsa-da sayohatga boring. Bundan faqatgina yorqin taassurotlarga ega bo`lasiz. Oila a`zolaringiz bilan qarama-qarshi munosabatlarga borib qolmang. Vaqt hammasini o`z o`rniga qo`yib qo`yadi.

Aqrab

Hafta mobaynida sizni ikki savol o`ylantiradi: sog`liq va uydagi tartib. Avvaliga ular o`zaro bir-biriga bog`liq deb o`ylaysiz. Uyda va ishda qanchalik tartib bo`lsa, ahvolingiz ham shunchalik yaxshi bo`lishiga ishonasiz. Yoki aksincha, ishda va uyda tartibsizlik bo`lsa, bu sizning kuch-quvvatingizga salbiy ta`sir qilishini tuyasiz. Eng yaxshisi, avval uyingizda “katta hashar” qilib oling, eski, kerakmas buyumlardan xalos bo`ling.

Qavs

Moliyaviy masalalarni muhokama qilishdan, katta xaridlardan o`zingizni uzoqroq tutish tavsiya etiladi. Haftaning ikkinchi yarmida yangi ish izlash va karerada olg`a siljish borasida muvaffaqiyatlar kutilmoqda. Oila qurmaganlarga uzoq kutgan onlar “eshik qoqishi”, oilalilarda esa munosabatlar mustahkamlanishi mumkin. Natijada shaxsiy hayotga yangicha nigoh bilan qaraysiz va avval payqamagan yoqimli lahzalarni endi ko`proq his qilasiz.

Jadiy

Ushbu haftada ichki xotirjamlik hamrohingiz bo`ladi. Immunitetingiz sezilarli mustahkamlanganidan surunkali kasalliklar ham ortga chekina boshlaydi. Sog`liqqa e`tiborli bo`lishda, parhez tutishda davom eting. Hafta o`rtalarida uy hayvonlariga bo`lgan qiziqishingiz ortib, uyingizga biror jonivorni olib kelish istagi tug`ilishi mumkin. Oila a`zolaringiz bilan munosabatlarda bosiqlik va muloyimlik tavsiya etiladi.

Dalv

Burj vakillari ko`proq do`stlar, yaqinlar, tanishlar, qo`shnilar bilan muloqotda bo`ladi. Agar so`nggi vaqtlarda ishga “sho`ng`ib”, hech kim bilan muloqot qilmay qolgan bo`lsangiz, endi aksincha yo`l tutishga qiziqishingiz ortadi. Suhbatlar siz uchun maroqli bo`ladi, o`zaro axborot almashinasiz, bundan ko`nglingiz to`ladi. Shuningdek, do`stlaringiz davrasi yanada kengayadi. Hali oila qurmagan “Dalv”lar ko`ngliga yaqin insonlar bilan tanishishi mumkin.

Hut

Astrologlar xonadoningizda obodonchilik ishlari bilan faol shug`ullanishingizni maslahat berishmoqda. Ehtimol, uyingizga zarur maishiy texnika yoki mebel sotib olarsiz. Uy muhitini yanada yaxshilashga, qulay qilishga harakat qiling. Bu haftada oilangiz, yaqinlaringiz bilan ham munosabatlaringiz ko`ngildagidek bo`ladi. Hashar ishlarini ular bilan birgalikda ahillikda amalga oshirasiz. Shu ahillikni saqlab qoling.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1