1

Import o`rnini bosuvchi navbatdagi istiqbolli loyiha Jizzaxda amalga oshiriladi

Iqtisodiyot 31.03.2018, 08:17
Import o`rnini bosuvchi navbatdagi istiqbolli loyiha Jizzaxda amalga oshiriladi

Ichki bozorni to`g`ridan-to`g`ri import o`rnini bosuvchi arzon va sifatli sintetik mahsulot bilan ta`minlash maqsadida Jizzax shahrida joylashgan “ZAAMIN TEX DIOR” qo`shma korxonasi tomonidan sintetik mato ishlab chiqarish bo`yicha yangi loyiha amalga oshirilishi belgilandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

“O`zsanoatqurilishbank”ning kredit mablag`lari asosida amalga oshiriladigan jami 11 mln. AQSh dollari miqdoridagi ushbu loyihaning yillik ishlab chiqarish quvvati 5 800 tonna sifatli mahsulotni tashkil etadi.

Bankning 2,4 mln. AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy ko`magi yordamida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning 6 mln. AQSh dollari miqdoridagi qismi xorijga eksport qilinadi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Xitoy davlatining xalqaro miqyosdagi kompaniyalaridan biri bo`lgan “Shandong Zhongtian Science and Technology Engineering co. Ltd”dan eng zamonaviy asbob-uskunalar olib kelinadi.

“ZAAMIN TEX DIOR” MChJning mazkur loyihasi ishga tushgach, 14 mln. AQSh dollarlik import hajmi qisqartiriladi va ichki bozorning import o`rnini bosuvchi arzon va sifatli sintetik mato bilan ta`minlanishi yanada yaxshilanadi.

Eng muhimi, mamlakatimizga Xitoy davlatidan 6 million AQSh dollari miqdorida xorijiy investisiya jalb qilinadi. Shuningdek, korxona 300 ta yangi ish o`rni yaratib, yosh yigit-qizlarni ish bilan ta`minlashga ham o`z hissasini qo`shadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1