1

O`zbekiston olimlari zilzilani oldindan aniqlash borasida qurilma ixtiro qildi

Hi-tech 13.06.2014, 10:02
O`zbekiston olimlari zilzilani oldindan aniqlash borasida qurilma ixtiro qildi

Hozirga qadar olimlar zilzila ro`y berishini oldindan aniq bashorat qilish usullarini bilmaydilar.

Shunga qaramay, zilzilalarni ionosferadagi o`zgarishlar, turli xil elektromagnitli indikatorlar, shu jumladan infraqizil va radioto`lqinlar, otilgan radon va hayvonlarning g`ayriodatiy fe`l-atvoriga qarab bashorat qilish usullaridan foydalanishga harakat qilinmoqda.

 Bu haqda Sharh.uz sayti O`zbekiston Intelektual mulk agentligi asoslanib xabar beradi.

 «O`zbekiston Fanlar akademiyasi S.Azimov nomidagi “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan havodagi radonning xajmiy faolligini o`lchash uchun qurilma bu boradagi muhim qadamdir»,-deyiladi xabarda.

   Ixtirodan yadro fizikasi va texnika, atrof-muhitning radiofaolligini ekspress-nazorat qilish, xususan, havodan radon faolligini o`lchash va er silkinishlarini qisqa muddatli aytib berish uchun qurilmalar yaratishda foydalanish mumkin.

   Qurilma nur tarqatish detektori, havoni kiritish-chiqarish uchun patrubkalar va elektron ro`yhatga oluvchi blon bilan ta`minlangan bo`lib, natijada havodagi radon faolligini ekspress-nazorat qilish osonlashadi, bu jarayonning aniqligi, tezligi va xavfsizligi yuqori darajada ta`minlanadi, energiya tejalishiga erishiladi.

   Bu ixtiroga IAP 04882 raqamli davlat patenti berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1