1

Qo`shimcha mehnatga ish haqi to`lanishi kerakmi?

Savol-javob 08.04.2018, 17:43
Qo`shimcha mehnatga ish haqi to`lanishi kerakmi?

Ish soati haftasiga 40 soatdan oshmagan tashkilotlar bor, masalan 5 kunlik ishdan tashqari navbatchilik uchun ham qo`shimcha ish haqi to`lanishi kerakmi?

Mehnat qonunchiligiga ko`ra:

- belgilangan kundalik ish (smena) vaqtidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi;

- ish vaqtidan tashqari ishlashga xodimning roziligi bo`lishi kerak;

- agar xodim ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlari va bayram kunlari ishlasa kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi;

- to`lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, tuzilmagan bo`lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi;

- bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin;

- xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng miqdorda otgul berilishi ham mumkin;

- bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to`lanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1