1

"Moskvada O`zbekiston madaniy merosini targ`ib qiluvchi doimiy ko`rgazmalar tashkil etiladi"

Madaniyat 09.06.2018, 17:19
"Moskvada  O`zbekiston madaniy merosini targ`ib qiluvchi doimiy ko`rgazmalar tashkil etiladi"

6-8 iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tgan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” II kongressida O`zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxanov Bi-bi-siga o`z fikrlarini bildirdi...

- Moskvadagi diplomatik vakolatxona va konsulliklar qoshida o`zbek madaniy merosini targ`ib qiluvchi doimiy ko`rgazmalar tashkil etiladi.

O`zbekiston madaniy merosi durdonalari butun dunyoning etakchi muzeylarida bor, shu jumladan, Rossiyada ham juda ko`p. Lekin shu vaqtgacha ushbu madaniy meroslarni o`rganish bo`yicha qilingan ishlar judayam kam edi. Mana shu Kogressning asosiy maqsadi bu borada olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish hisoblanadi. Chunki O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbuslariga binoan O`zbekistonning madaniy merosini o`rganish, saqlash va keng ommaga etkazish bo`yicha ishlar boshlangan. Shu ishlarning hammasini birgalashib bajarmasak bo`lmaydi. Faqat o`zbekistonlik emas, bizga sherik bo`layotgan boshqa davlatlar bilan birgalikda, muzeylarning direktorlari bilan, Sharqshunoslik institutlari bilan birgalikda shu to`plamlarni o`rganishimiz kerak, yuzaga chiqarishimiz kerak. Ularning har birini izohlab, rasmlarga olib taqdimotlar uyushtirishimiz kerak. Xudo xohlasa keyingi uchinchi, to`rtinchi kongresslar bo`lishidan va bu loyiha an`anaga aylanib qolishidan umidvorman. Har bir tadbirga juda katta ishlar qilinyapti, jumladan bo`lib o`tgan ushbu kongress ham ulkan ishlar amalga oshirilganining guvohi bo`ldik. Kongressda doimiy ishlovchi maydoncha, ya`ni komessiya deyiladi, Butunjahon ilmiy jamiyati tashkil topdi. Kommessiyaga a`zo nomzodlar tanlab olindi, tular orasida faqat O`zbekiston yoki Rossiyadan emas, balki dunyoning turli davlatlaridan a`zolar mavjud. Bu komessiya doimiy ishlovchi maydon hisoblanadi. Ular faqat kongress bo`lishini kutib o`tirishmaydi, yil davomida ish jarayonlari davom etaveradi va ularning faoliyati o`zaro muloqot asosida kechadi.

Bu kabi taqdimotlar bizning elchixonamizda ham bo`lib turadi. Ular har xil sohaga doir bo`lib, masalan yaqinda ziyorat turizmiga bag`ishlangan taqdimot olib bordik, namoyishlar uyushtirdik. Bundan tashqari, O`zbekistonda qabul qilingan beshta asosiy yo`nalish bo`yicha strategiya fani tashkil etilgan, shularning namoyishi bo`lib o`tyapti. Bizda milliy bayramlarimiz Navro`z, Mustaqillik bayramlarining barchasini elchixonamizda nishonlaymiz. Ushbu kongressda ham yana bir yaxshi g`oya paydo bo`ldi: loyihadan o`rin olgan noyob asarlarni ham elchixonaga bitta-bitta nushadan olib borib har kuni ishlaydigan eksponatlar burchagi qilib joylashtirmoqchimiz. Biz bu borada Firdavs Abduxalikovga, Madaniyat vazirligiga taklif bilan chiqdik va ular bizning tashabbusimizni qo`llab-quvvatlashdi. Chunki elchixonamizga turli mamlakatlardan vakillar kelishadji va bizning madaniyatimiz ular uchun qiziqarli ekanligiga kongress davomida amin bo`ldim. Echixonamizda madaniyat bilan shug`ullanuvchi bo`lim mavjud va bular ushbu bo`limga qo`shimcha ravishda tashkil etiladi. Hozirgi kunda Rossiya Federasiyasida 3 ta bosh konsulxona ochilgan, bu yil yana 4 ta ochiladi. Shu konsulxonalarda ham mana shunday burchaklarni tashkil qilib, aniqrog`i burchak emas kiraverishdagi eng yaxshi ko`zga tashlanadigan joylarda eksponentlar qilib joylashtiramiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1