1

SD-kartalar 512 GB xotira hajmiga ega bo`ldi

Hi-tech 13.09.2014, 11:48
SD-kartalar 512 GB xotira hajmiga ega bo`ldi

SD-kartalar xotira hajmi yildan-yilga o`sib bormoqda. Bu safar SanDisk kompaniyasi tomonidan xotira hajmi 512 GB.ga teng bo`lgan kartalar ishlab chiqarildi.

Qurilma 4K formatida video yozib oluvchi professionallarga mo`ljallangan. Xabarda yozilishicha, Extreme PRO SDXC UHS-I 512 GB narxi 800 AQSh dollariga teng. Mahsulot esa bir oydan so`ng sotuvga chiqadi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.

Karta soniyasiga 90 megabayt ma`lumot yoza oladi, o`qish tezligi esa 95 MB/s ga teng. Shuningdek, xotira qurilmasi tabiiy ofatlarga ham bardosh bera oladi. Karta selsiy bo`yicha -25 dan 85 daraja havo haroratida, suv va rentgen nurlanishida ham ishdan chiqmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1