AsosiyIqtisodiyot

"Farhod" bozoridagi 7000 so`mlik pomidor "Qo`yliq"da 2000 so`m

'"Farhod" bozoridagi 7000 so`mlik pomidor "Qo`yliq"da 2000 so`m'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol go`shti 40000 so`mdan 43000 so`mgacha sotilayotgan bo`lsa, Toshkent shahrining "Qo`yliq" dehqon bozoridan ushbu mahsulotni 28000 so`mdan 38000 so`mgacha xarid qilish mumkin.

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo`jalik) mahsulotlar narxlarini o`rganishni davom etadi.

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 2018 yil 2 sentyabr holatidagi narxlari.

Mol go`shti

26 000 so`mdan 43 000 so`mgacha

d4a57e40_1fcc_4c7e_832b_f38075e3abd3_cx0_cy10_cw0_w1023_r1_s.jpg

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go`shti 26 ming so`mdan 43 ming so`mgacha bo`lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlarni 2-3 haftadan buyon kuzatilayotgan Qoraqalpog`iston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin – 26000 so`m.

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol go`shti 26-40 ming so`m. O`tgan haftada ushbu bozorda 1 kg. mol go`shtini shu narxlarda xarid qilish mumkin edi.

Toshkent shahrining "Qo`yliq" dehqon bozorida ushbu mahsulot poytaxt bozorlarida eng arzon narxlarda – 28000 so`mdan 38000 so`mgacha sotilmoqda.

Qo`y go`shti

28 000 so`mdan 43 000 so`mgacha

15ed8d8d_8cee_41e0_9432_40e557dd2162_w1023_r1_s.jpg

Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida bu hafta qo`y go`shti ham respublikaning boshq hududidan ko`ra qimmatroq – 40000 so`mdan 43000 so`mgacha. Eng arzon narxlarni poytaxtning “Qo`yliq”, "Mirobod", "Chorsu", “Farhod” bozorlarida uchratish mumkin – 1 kg. qo`y go`shti narxi 28000 ming so`mdan boshlanadi.

Tovuq go`shti

11 000 so`mdan 19 000 so`mgacha

9255f1ea211f0420f24e0d9bb2df9f51_720x480.jpg

Eng arzon tovuq go`shti Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 11000-13000 so`m. Eng qimmat narxda ushbu mahsulot Samarqand shahri "Siyob" bozorida sotilmoqda – 18000-19000 ming so`m. Umuman olganda, mamlakat bozorida 1 kg. tovuq go`shti o`rtacha 12-16 ming so`mdan iste`molchilarga etkazib berilmoqda.

Guruch

3 500 so`mdan 12 500 so`mgacha

ris_devzira_2_4_lazer.jpg

Respublika bozorlarida guruchni 4000-10000 so`mgacha uchratish mumkin. Farg`ona markaziy dehqon bozorida eng qimmat narxdagi guruchni uchratish mumkin – 5500-12500 so`m. O`tgan haftada kuzatilganidek, eng arzon guruch Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 so`m.

O`simlik yog`i

8000 so`mdan 12 000 so`mgacha

fe6ddc67a20b6100053ad6be91646d72.jpg

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. o`simlik yog`i 9000-10000 ming so`mdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng qimmati Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori hamda Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida – 12 ming. Eng arzon narxlarni Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8 ming so`m.

Un

1900 so`mdan 4 000 so`mgacha

1_1.jpg

Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 1900 so`mdan 2500 so`mgacha. Eng qimmat narxlar esa Samarqand shahri "Siyob" bozorida – 3500-4500 so`m.

Shakar

4000 so`mdan 5 500 so`mgacha

2018_05_08_171720_36c09f33c.jpg

Eng qimmat narxlardagi shakar Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida – 4800-5500 so`m. Eng arzoni esa Navoiy shahri "Sahovat" MChJ ga qarashli markaziy dehqon bozorida – 4000-5000 so`m.

Tuxum

280 so`mdan 750 so`mgacha

eggs_1.jpg

Bu haftada ko`plab bozorlardagi tuxum narxlari o`rtacha 400-500 so`mdan sotilmoqda. Eng arzon narx Samarqand shahri "Siyob" bozorida – 280-360 so`m. O`tgan haftada kuzatilganidek, bu haftada ham eng qimmat narx "Farhod" dehqon bozori (Toshkent shahri)da 300 so`mdan 750 so`mgacha sotilmoqda.

Kartoshka

1000 so`mdan 3000 so`mgacha

kartoshka.jpg

Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida bu hafta ham 1 kg. kartoshkani 1500 so`mdan 3000 so`mgacha xarid qilish mumkin. O`tgan haftadagi ushbu narx saqlanib qolgan. Eng arzon narxlardagi kartoshka Qarshi shahri "Erqo`rg`on" dehqon bozorida – 1000 so`m! O`tgan haftada ushbu bozorda 1 kg. kartoshka 700 so`m edi.

POMIDOR

2000 so`mdan 7000 so`mgacha

bez-nazvaniya.jpg

O`tgan haftada kuzatilgani kabi bu haftada ham poytaxtning "Farhod", "Mirobod" dehqon bozorlarida 1 kg. pomidor 3000 so`mdan 7000 so`mgacha sotilayotgan bo`lsa, "Qo`yliq" dehqon bozoridan ushbu mahsulotni 2000 ming so`mdan, "Yunusobod" dehqon bozoridan esa 1500 so`mdan xarid qilish mumkin. Umuman, 1 kg. pomidor respublika bozorlarida o`rtacha 2500-3000 so`mdan sotilmoqda.

O`zA

    Boshqa yangiliklar