1

Xitoylik yo`lovchi qo`lidagi smartfon avtobusda portlab ketdi

Hi-tech 14.10.2014, 18:03
Xitoylik yo`lovchi qo`lidagi smartfon avtobusda portlab ketdi

Xitoyda shahar avtobusida ketayotgan yo`lovchi qo`lidagi smartfon portlab ketdi. Mashina saloniga joylashtirilgan kameralar kuchli yorg`ulikni qayd etishgan. Independent xabariga ko`ra, falokat Sichuan provinsiyasida sodir bo`lgan.

Videokamer yo`lovchilardan biri batareyani almashtirayotganligini tasvirga olgan. Ayni shu paytda gadjet portlab ketadi. Qolgan yo`lovchilar vahima ichida o`zlarini chiqish eshigiga urishadi. Ular bu hodisa qanday sodir bo`lganligini tushunib etishmagandi. Ularning ortidan yurgan gadjet egasi yonayotgan moslamani qo`lidan qo`ymasdan yugurdi.

Falokat natijasida hech kim jabr ko`rmadi. Biroq mahalliy hukumat vakillar arzon batereyalar sotib olmaslikni tavsiya qilishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1