1

Namanganda avtobus ag`darilib ketdi, jarohat olganlar bor

Jamiyat 30.10.2018, 17:33
Namanganda avtobus ag`darilib ketdi, jarohat olganlar bor

Shu yil 29 oktyabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi B.M. boshqaruvida bo`lgan “Isuzu” rusumli avtobusini “Namangan-Chortoq” yo`lining 38-km.da haydab ketayotib, avtobus old chap tomon ressori sinib ketishi natijasida boshqaruvni eplay olmay yo`l chetidagi beton to`siqqa urilib, avtobus yonboshlab qolgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, natijada avtobus yo`lovchilaridan biri nafari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va yana ikki nafariga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilib, uylariga javob berilgan.

Avtobusning qolgan 12 nafar yo`lovchisi voqea joyida shifokorlar tomonidan nazorat tariqasida tekshirilib, sog`-salomatligi tufayli uylariga ruxsat berilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1