AsosiyJamiyat
1720

Prezident maktablariga qabul qachondan boshlanishi aytildi

'Prezident maktablariga qabul qachondan boshlanishi aytildi'ning rasmi

Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident hamda Ijod maktablariga 2024/2025 o`quv yili uchun hujjatlar qabuli 1 iyundan 20 iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi

Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan o`quvchilar 5-sinfga, ijod maktablariga esa 6-sinfni tugatgan o`quvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.

Talabgorlardan tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasi, fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan), ota-onasi yoki uning o`rnini bosuvchi shaxsning pasport ma`lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi hamda baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan) talab etiladi.

Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari «5» baho (a`lo) bo`lishi lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar