1

O`zbekiston bozorlarida mol, qo`y va tovuq go`shti arzonlashdimi?

Iqtisodiyot 06.11.2018, 14:42
O`zbekiston bozorlarida mol, qo`y va tovuq go`shti arzonlashdimi?

Kuzatishlar mamlakatimiz bozorlarida mol, qo`y va tovuq go`shtining biroz arzonlashganini ko`rsatmoqda.

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o`rganishni davom etadi, deb yozmoqda O`zA.

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 2018 yil 4 noyabr holatidagi narxlari:

Mol go`shti

26 000 so`mdan 41 000 so`mgacha

d4a57e40_1fcc_4c7e_832b_f38075e3abd3_cx0_cy10_cw0_w1023_r1_s.jpg

Kuzatishlar mamlakatimiz bozorlarida mol go`shtining biroz arzonlashganini ko`rsatmoqda. Masalan, o`tgan haftalarda 1 kg. mol go`shti 26000 so`mdan 46000 so`mgacha bo`lgan narxlarda sotilayotgan edi. Ayni paytda 1 kg. mol go`shtini 26000 so`mdan 41000 so`mgacha narxlarda uchratish mumkin.

Eng arzon narxlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu haftada 1 kg. mol go`shtining narxi 26000 so`mdan 41000 so`mgacha sotilmoqda.

Eng qimmat narx ham ushbu bozorga tegishli – 41000 so`m.

Poytaxt bozorlarida 1 kg. mol go`shtining narxi 28000 – 40000 so`m.

Qo`y go`shti

28 000 so`mdan 44 000 so`mgacha

15ed8d8d_8cee_41e0_9432_40e557dd2162_w1023_r1_s.jpg

Kuzatishlar qo`y go`shtining ham o`tgan haftaga nisbatan biroz arzonlashganini ko`rsatmoqda. Masalan, o`tgan haftalarda 1 kg. qo`y go`shti 28000 so`mdan 46000 so`mgacha bo`lgan narxlarda sotilgan bo`lsa, bu haftada 1 kg. qo`y go`shti 28000 so`mdan 44000 so`mgacha uchratish mumkin.

Eng arzon narx “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da – 1 kg. qo`y go`shti narxi 28000 – 38000 so`m.

Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon)da – 1 kg. qo`y go`shti 42000 – 44000 so`m.

Tovuq go`shti

12 000 so`mdan 20 000 so`mgacha

9255f1ea211f0420f24e0d9bb2df9f51_720x480.jpg

O`tgan haftadagi narxlar o`zgarishsiz qolgan. Biroq ba`zi hududlardagi narxlar qimmatlashgan, ayrimlarida esa arzonlashgan.

Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 17000 – 20000 so`m

Eng arzon narx Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozorida – 12000 – 14000 so`m

Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go`shti 16000 – 20000 so`mdan iste`molchilarga etkazib berilmoqda.

Guruch

3 000 so`mdan 12 500 so`mgacha

ris_devzira_2_4_lazer.jpg

Respublika bozorlarida guruchni o`rtacha narxda 4000 – 8000 so`mgacha uchratish mumkin.

Eng qimmat narx Qo`yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) – 5000 – 12500 so`m

Eng arzon narx Samarqand shahri "Siyob" bozori – 3000 – 9000 so`m.

O`simlik yog`i

8 000 so`mdan 12 500 so`mgacha

fe6ddc67a20b6100053ad6be91646d72.jpg

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. o`simlik yog`i 8000 ming so`mdan 12500 so`mgacha narxlarda sotilmoqda.

Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8500 – 10500 so`m.

Eng qimmat narxlar "Farhod dehqon bozori" (Toshkent shahri) 12500 so`mgacha.

Un

1 500 so`mdan 3 500 so`mgacha

1_1.jpg

Kuzatishlar 1-navli unning biroz arzonlashganini ko`rsatmoqda.

Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 1 kg. 1-navli un 1500 so`mdan 2000 so`mgacha.

Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 2500 – 3500 so`m.

Shakar

4 100 so`mdan 5 500 so`mgacha

2018_05_08_171720_36c09f33c.jpg

Eng qimmat narx Navoiy shahri "Sahovat" MChJ ga qarashli markaziy dehqon bozori – 4500-5500 so`m.

Eng arzon narx Farxod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 4100 – 4600 so`m.

Tuxum

400 so`mdan 700 so`mgacha

eggs_1.jpg

Bu haftada Respublika bozorlarida tovuq tuxumining narxi o`tgan haftada qimmatlashgani bilan saqlanib qoldi.

Mamlakatimiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o`rtacha 500-600 so`mdan xarid qilish mumkin.

Kartoshka

1 200 so`mdan 3 000 so`mgacha

kartoshka.jpg

Kartoshkaning o`tgan haftadagi narxi saqlanib qolgan.

Eng arzon narx "Yunusobod dehqon bozori" (Toshkent shahri)da – 1200 so`mdan 2500 so`mgacha.

Eng qimmat narx – mamlakatimizning aksariyat bozorlarida 1 kg. kartoshka 3000 so`mgacha.

Pomidor

2 000 so`mdan 8 000 so`mgacha

bez_nazvaniya.jpg

Eng arzon narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 2000 so`mdan 3000 so`mgacha.

Eng qimmat narx poytaxt bozorlarida – 5000 – 8000 so`mgacha.

Xo`jalik sovuni

1250 so`mdan 4000 so`mgacha

pic180806095050264.jpg

Eng arzon narx Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozori – 1250 so`mdan 1800 so`mgacha.

Eng qimmat narx Guliston shahri Markaziy dehqon bozori – 2000 – 4000 so`mgacha.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1