1

Instagram’ga bir soniyada taxminan 700 ta surat yuklanadi

Hi-tech 20.10.2014, 18:07
Instagram’ga bir soniyada taxminan 700 ta surat yuklanadi

Bugungi kun ko`rsatkichlariga ko`ra, Instagram’ga bir yilda 21,9 milliard surat yuklanmoqda. Bu haqda Mashable ma`lumotiga asoslanib «Parol» nashri xabar berdi.

Photoworld kompaniyasi esa Instagram’ga yuklanadigan suratlar chop etilib, ustma-ust qo`yib chiqilsa, qancha masofa hosil bo`lishini hisoblab chiqdi. Unga ko`ra, ushbu tarmoqqa 37 daqiqa ichida yuklanadigan suratlarni chop etib, ustma-ust qo`yib chiqilsa, uning uzunligi Nyu-Yorkdagi 443 metr uzunlikda bo`lgan Empire State Building binosi bilan bir xil bo`ladi. Agar 12 soat davomida Instagram’ga yuklanadigan suratlar bilan bu ish amalga oshirilsa, ularning uzunligi Everest tog`i bilan barobar bo`ladi.

Olti kunlik Instagram suratlaridan hosil qilingan fototaxlamning uzunligi esa Erning atmosfera qatlamidan chiqib ketish uchun etarli bo`ladi. Instagram’ga bir yil davomida yuklangan suratlardan 6351 kilometrlik yo`l hosil qilish mumkin. Bu yo`l esa Toshkentdan Moskvaga borib-kelish masofasi bilan deyarli bir xil bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1