1

Dubayda dunyodagi eng tezyurar tez yordam mashinasi namoyish etildi (foto)

Hi-tech 22.10.2014, 15:29
Dubayda dunyodagi eng tezyurar tez yordam mashinasi namoyish etildi (foto)

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi GITEX ko`rgazmasida Lotus Evora avtomobilining mahalliy tez yordam xizmati uchun mo`ljallangan maxsus versiyasi namoyish etildi, deb xabar bermoqda Motor.ru.

Soatiga 296 kilometr tezlik bilan yura oladigan ushbu avtomobil tibbiy xizmat uchun mo`ljallangan eng tezyurar mashina deb topilgan. Bemorlarni tashishga moslashtirilgan Evora yurak urishi va qon bosimini o`lchaydigan uskunalar, kislorod ballonlari va boshqa zarur tibbiy jihozlarga ega.

Bunday mashinalar maxsus tayyorgarlikdan o`tgan 50 nafar dubaylik shifokorlar xizmatiga beriladi. Avtomobil narxi 160 ming dollardan ortiqroq ekanligi aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1