AsosiySiyosat

O`zbekiston va Evropa Ittifoqi yangi bitim bo`yicha muzokaralarni boshladi

'O`zbekiston va Evropa Ittifoqi yangi bitim bo`yicha muzokaralarni boshladi'ning rasmi

Evropa Ittifoqi va O`zbekiston o`rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida, bugun Evropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy Vakili, Evropa Komissiyasining Vise-Prezidenti Federika Mogerini va O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yangi keng ko`lamli ikki tomonlama bitim tuzish uchun muzokaralar boshladilar.

«O`tgan o`n ikki oy ichida O`zbekistonga ikki marotaba tashrif buyurganimdan so`ng, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar va O`zbekistonning mintaqaviy aloqalar dinamikasida o`ynayotgan ijobiy rolini guvohi bo`ldim», dedi Oliy Vakil / Vise-prezident, Federika Mogerini. «Bugungi kunda biz Evropa Ittifoqi va O`zbekiston o`rtasidagi kuchayib borayotgan, tobora keng ko`lamli munosabatlarni yana ham rivojlantirishda birgalikdagi sa`y-harakatlarni kuchli ravishda qo`llab-quvvatlaymiz. Yangi bitim bizga davom etayotgan islohotlarni qo`llab-quvvatlashga, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, Evropa va O`zbekiston fuqarolariga bevosita foyda keltiradigan ijobiy natijalarni beradigan bir qator umumiy muammolar ustida ish olib borishimizga imkoniyat yaratadi».

Bo`lajak kelishuv 1999 yildan beri amalda bo`lgan hozirgi Hamkorlik va o`zaro munosabatlar to`g`risidagi shartnomani o`rnini egallaydi. Yangi bitimda, xususan, siyosiy hamkorlik, savdo va investisiyaviy aloqalar, barqaror rivojlanish va o`zaro aloqalarga, shuningdek, inson huquqlari va boshqaruv usullari masalalariga e`tibor qaratiladi.

Jadal ishlarni amalga oshirgan holda, iloji boricha qisqa muddat ichida keng ko`lamli bitim tuzish maqsadida batafsil muzokaralar 2019 yilning boshida boshlanadi.

Muzokaralar bugun Bryusselda 14-Evropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo davlatlari vazirlari uchrashuvi paytida va Evropa Ittifoqi-O`zbekiston Hamkorlik Kengashining navbatdan tashqari uchrashuvidan bir kun keyin boshlandi.

    Boshqa yangiliklar