AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Shovot tumanidagi to`qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

'Shavkat Mirziyoyev Shovot tumanidagi to`qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari ikki yil muqaddam Uztex kompaniyalar guruhiga Shovot tumanining chekka hududida yuqori texnologik imkoniyatlarga ega mazkur korxonani tashkil etish va mahalliy aholini ish bilan ta`minlash yuzasidan topshiriqlar bergan edi.

O`tgan davrda ilgari mavjud bo`lgan korxona negizida ilg`or texnologiyalar bilan jihozlangan, mingdan ortiq ish o`rniga ega to`qimachilik korxonasi ishga tushirildi. Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga kredit olish, to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarni jalb qilishda berilayotgan imtiyozlar korxona faoliyatini yo`lga qo`yishda qo`l keldi.

Loyiha qiymati 65 million dollar bo`lgan korxona faoliyati ikki bosqichda tashkil etildi. 2017 yilda amalga oshirilgan dastlabki bosqichda Italiyaning “Lonati” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 528 ta, joriy yilda yana 512 ta paypoq to`qish dastgohi xarid qilindi. Ushbu dastgohlar Buyuk Britaniyaning “Maritex Industrial LLP” kompaniyasi tomonidan keltirib o`rnatildi.

Bugungi kunda korxonada turli o`lchamdagi ayollar, erkaklar va bolalar paypoqlari ishlab chiqarilmoqda. Yiliga 70 million juft, qiymati 30 million dollarlik paypoq tayyorlash quvvatiga ega qo`shma korxonada ishlab chiqarish jarayoni to`liq innovasion texnologiyalar asosida boshqariladi.

O`tgan yili korxonada 5,7 milliard so`mlik mahsulot ishlab chiqarilib, ichki bozorga yo`naltirildi. Joriy yildan to`la quvvat bilan ishlay boshlagan korxonada oktyabr oyi holatiga ko`ra 12,5 million juft paypoq to`qildi. 3,85 million dollarlik mahsulot AQSh, Rossiya, Moldova, Ukraina kabi qator mamlakatlarga eksport qilindi.

Davlatimiz rahbari korxona qoshida tashkil etilgan logistika markazi, to`quv, qadoqlash sexlari, laboratoriya faoliyati bilan tanishdi, ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan qiziqdi.

Mazkur korxona texnologik imkoniyatlariga ko`ra dunyoda sanoqli, Markaziy Osiyoda yagona fabrikadir. Korxonada ayni kunda paypoq, sochiq kabi to`qimachilik mahsulotlarining yangi modellarini o`zlashtirish va eksport hajmini oshirish bo`yicha ish olib bormoqda.

Iqtisodiyotimizga qo`rqmasdan investisiya kiritish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish bo`yicha bergan tavsiyalarimiz tufayli bugun tadbirkordan qo`rquv yo`qoldi. Korxona quraman, ish o`rni yarataman degan ishbilarmonlarga hech qanday to`siq yo`q, biznes uchun barcha kafolatlar yaratilgan. Bundan xorijiy hamkorlar ham xabardor bo`lib, eksportga hissa qo`shmoqda, dedi davlatimiz rahbari.

Shu erda Xorazm viloyatida to`qimachilik sanoatini rivojlantirish, “Dererlop Textile” MChJ tomonidan “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida engil sanoat majmuasi tashkil etish, Shovot tumanida aralash va paxta ip-kalava ishlab chiqarish bo`yicha yangi yigiruv fabrikasi qurish, Urganch shahrida “Textile finanse Horezm” MChJ tomonidan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, Toshkent viloyati Parkent tumanida Uztex Zarkent sanatoriysini barpo etish loyihalari haqida ma`lumot berildi.

Davlatimiz rahbari engil sanoat tarmog`ini jadal rivojlantirish, mahsulot eksportini kengaytirish, qo`shimcha daromad manbalari va ish joyini ko`paytirish yuzasidan zarur ko`rsatmalar berdi.

photo5188593928822172594.jpg

photo5188593928822172595.jpg

photo5188593928822172596.jpg

photo5188593928822172597.jpg

photo5188593928822172598.jpg

    Boshqa yangiliklar