AsosiySiyosat

Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tmoqda

'Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Urganch shahrida 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi ochildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari Xorazm viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash bo`yicha qator ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Joriy yilda viloyatda 312 ta investisiya loyihasi bajarilib, yangi korxonalar ishga tushirilgan. Yil yakuni bo`yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 16 foiz, eksport 22 foiz o`sishi kutilmoqda.

100 ta davlat va xususiy maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil etilib, bolalarni bog`chalarga qamrab olish 33 foizga etgan.

Xorazm uchun muhim bo`lgan elektr energiyasi va toza ichimlik suvi ta`minotini yaxshilash bo`yicha ham muayyan ishlar qilindi. 254 kilometr elektr, 456 kilometr suv tarmoqlarida qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Prezidentimiz o`tgan davrda yaratilgan ish o`rinlari etarli emasligi, viloyatda ishsizlik saqlanib qolayotganini ta`kidladi. Iqtisodiyot tarmoqlarini ko`paytirish, yangi sanoat korxonalari tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish, qishloq xo`jaligi, turizm va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bandlik darajasini oshirish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Sessiya kun tartibiga Xorazm viloyatiga hokim tayinlash masalasi kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar