AsosiySiyosat

Prezident Xorazm viloyatiga safarini yakunlab, Toshkentga keldi

'Prezident Xorazm viloyatiga safarini yakunlab, Toshkentga keldi'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Urganch shahri markazida Jaloliddin Manguberdi memorial bog`ini barpo etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari 30 noyabr kuni, Xorazm viloyatiga safari yakunida Al-Xorazmiy va Pahlavon Mahmud ko`chalari kesishmasidagi ushbu maydonga tashrif buyurib, qurilish loyihalari bilan tanishdi.

Jaloliddin Manguberdi haykali buyuk bobomizning jasorati va shonu shavkatiga mos mahobatli bo`lishi, uning atrofidan nur taralib turishi kerakligini ta`kidladi.

- Bu maydonda tariximiz namoyon bo`lishi, u Xorazmning «tashrif qog`ozi»ga aylanishi kerak. Shuning uchun tarixchi olimlar bilan maslahatlashib, maydonni chuqur mazmunli, chiroyli, jozibali qilish zarur, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezidentimiz bog` hududini kengaytirish va obodonlashtirish, har bir elementda qadimiylikni aks ettirish bo`yicha o`z tavsiyalarini berdi.

Shu erda Urganch shahri markazini batafsil rejalashtirish, ko`p qavatli uy-joylar qurish, issiqlik va ichimlik suvi ta`minotini yaxshilashga doir loyihalar bo`yicha ham ma`lumot berildi.

Shundan so`ng, Prezident Xorazm viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

    Boshqa yangiliklar